Belarus KGB Belarus Jurnalistlar uyuşmasini (BJU) «ekstremistik faoliyat bilan şuğullanuvçi tuzilmalar röyxati»ga kiritdi. IIV saytida e’lon qilingan röyxatda 28 fevralda tegişli qaror qabul qilingani, röyxatga kiritilgan kun sifatida esa 7 mart sanasi körsatilgan.
Hujjatda qayd etilişiça, «Belarus Jurnalistlar uyuşmasi» nodavlat jamoat taşkiloti vakillari orasidan bir guruh fuqarolar ekstremistik faoliyatni amalga oşirmoqda», bu taşkilot «ekstremistik tuzilmalar» sifatida tasniflangan. Assotsiatsiya rahbari Andrey Bastunets, uning örinbosarlari Aleksandr Starikeviç, Alina Surovets, Boris Goretskiy va Oleg Ageyev, şuningdek, jurnalistlar Dmitriy Lukaşuk, Sergey Komlaç va Olga Xvoin BJU iştirokçilari yoki egalari deb topildi.
BJU 2021 yil avgust oyida Belarus Oliy sudining qarori bilan tugatilgan. Taşkilot faoliyatini töxtatişning rasmiy sababi sifatida Adliya vazirligining «BJU tomonidan qonunbuzarliklarni bartaraf etiş çoralari körilmagani va qonun hujjatlarining takroran (yozma ogohlantirişdan keyin) buzilişi munosabati bilan» da’vo arizasi körsatilgan.
2022 yil aprel oyida Belarus Jurnalistlar uyuşmasi YuNESKOning söz erkinligi uçun mukofoti bilan taqdirlandi. Hakamlar hay’ati Aleksandr Lukaşenko rejimining repressiyalari şaroitida Belarusda mustaqil ommaviy axborot vositalarini saqlab qolişda BJUning katta xizmatlarini qayd etdi.
Hozirda «ekstremistik tuzilmalar» röyxatiga 121 ta band kiritilgan. Xususan, u Svetlana Tixanovskaya jamoasi, Belarus muxolifatining muvofiqlaştiruvçi kengaşi, Sergey Tixanovskiyning «Strana dlya jizni» internet resurslari, «Naşa Niva», «Belsat», BelaPAN naşrlari va boşqa köplab fuqarolik taşabbuslari va ommaviy axborot vositalarini öz içiga oladi.

















