Davlat mulkiga bölgan mulk huquqi fuqarolik qonunçiligida nazarda tutilgan asoslarga köra, şuningdek quyidagi asoslarga köra ham yuzaga keladi: şartnomalar va boşqa bitimlar tuzilganda; mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalaniş huquqini, soliqlar va yiğimlar böyiça qarzdorlikni, şuningdek davlat uluşi böyiça hisoblangan dividendlarni xöjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritiş yöli bilan uluşni olişda; sud qarorlari asosida.

Qonunga köra, ayrim davlat mulklari xususiylaştirilmaydi, jumladan: Özbekiston hududi doirasidagi yer, yerosti boyliklari, suv omborlari, havo böşliği, ösimlik va hayvonot dunyosi; moddiy madaniy meros obektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, şu jumladan xiyobonlar va botanika boğlari.

Davlat mulkini boşqariş sub’yektlari quyidagilardan iborat: Vazirlar Mahkamasi; Agentlik; maxsus vakolatli davlat organlari; davlat muassasalari, şu jumladan davlat organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi davlat mulkini boşqariş sohasidagi vakolatli davlat organidir. Davlat mulki reyestrini yuritiş Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va şaklda Agentlik tomonidan amalga oşiriladi. Agentlik har yili 1 avgustgaça davlat iştirokidagi korxonalarning ötgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi töğrisidagi yiğma hisobotni öz rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.