Markaziy bank 2022 yil uçun tölov tizimlari şarhini e’lon qildi.  

Ma’lumotlarga köra, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga keng tarğibot işlari olib borilişi natijasida muomalaga çiqarilgan bank kartalari soni 2022 yil boşida 27,1 mln donani taşkil qilgan bölsa, yil oxiriga kelib 34,2 mln donaga yetgan.  

Raqamlar hisobot davrida bank kartalari soni 20,8 foizga ösganini körsatmoqda.  

Biroq 2021 yilda  aholi va tadbirkorlik sub’yektlari qölidagi bank kartalari soni sezilarli ösmagan. Bu davrda  bank kartalari soni 25,7 mln donadan  27,1 mln donaga köpaygan. Ösiş – 5,2 foizni taşkil qilgan.  

Kun.uz Markaziy bank ötgan yillarda taqdim etgan ma’lumotlarga tayanib, oxirgi 4 yildagi bank kartalari sonining ösişini taqqosladi.  

2020 yil davomida muomaladagi bank kartalari soni esa 26 mlndan oşib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 mln donaga köpaygan. 

2019 yilda esa bank kartalari soni 20,5 mlndan ortiqni taşkil etib, ötgan yilga qaraganda 2,8 mlnga köpaygan. 

Demak oxirgi 3 yildagi bank kartalari sonining ösişi bilan boğliq tendensiyasi quyidagiça bölgan: 

  • 2019 yilda – 2,8 mln donaga; 
  • 2020 yilda – 5,9 mln donaga; 
  • 2021 yilda – 1,4 mln donaga; 
  • 2022 yilda – 7 mln donaga köpaygan. 

Şunday qilib, oxirgi 4 yilda bank kartalari soni 2022 yilda eng tez ösganini köriş mumkin. 

Avvalroq. Uzcard va Humo bankomatlari hamda terminallari integratsiya qilinişi ma’lum qilingandi. 

Markaziy bank mas’ullarining Kun.uz’ga bildirişiça, bankomatlar integratsiyasi 2023 yil may oyida yakunlanadi. Terminallar integratsiyasi esa yil oxiriga reja qilingan.