"Biz Eron taşqi işlar vaziri H. P. Husayn Abdullohiyan bilan samarali uçraşuv ötkazdik, - deb yozdi Özbekiston taşqi işlar vazirligi rahbari özining Tvitterdagi sahifasida. - Yaqin kelajakda özaro tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş, şuningdek, sarmoyaviy şeriklik, işbilarmonlik almaşuvi va xalqlarimiz örtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantiriş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirişga kelişib oldik".

Bir neça kun oldin Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Eronning Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlat maqomini oliş majburiyatlari töğrisidagi Memorandumni tasdiqlovçi qarorni imzoladi. Unga binoan, 2022 yil 16 sentabr kuni Samarqand şahrida imzolangan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlat maqomini oliş uçun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari töğrisidagi Memorandum tasdiqlandi.