Bugun Özbekiston, geosiyosiy nuqtayi nazarda, şu paytga qadar özining aniq oriyentirini tanlagani yöq. Rasmiy Toşkent geosiyosati nafaqat köpvektorli, balki mana şu vektorlar orasida, tengvektorli kursni uşlaşga harakat qilib kelyapti.
Bugun, Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik juda yuqori. Hatto mintaqalar örtasidagi iqtisodiy hamkorliklar ham yölga qöyilgan. Lekin, Özbekiston Rossiyaning eng asosiy loyihalariga qöşilmadi, bular – Yevrosiyo Ittifoqi va KXŞT.
AQŞ bilan ham munosabatlar yaxşi. AQŞ Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qöşilişi tarafdori, buning uçun rasmiy Vaşington öz yordamini ham bermoqda. Ayni paytda, Özbekiston mintaqada AQŞ manfaatlari tamsilçisi emas. 2005 yilga qadar bölgan NATO bilan hamkorlik tiklangani yöq.
Bryussel bilan ham, xuddi şunday. Hamkorlik yuqori darajada, lekin bu aloqalar “boşqalarga qarşi” tabiatga ega emas.
Xitoy Xalq Respublikasi esa, keyingi yillarda Özbekistonning birinçi savdo-iqtisodiy hamkori darajasiga kötarildi, Rossiya esa ikkinçi öringa tuşib qolgan böldi. Pekin bilan iqtisodiy hamkorlik juda yuqori, lekin, geosiyosiy jihatdan, ma’lum masofa mavjud edi va saqlanib qolyapti.
Özbekistonning Turkiya bilan aloqalari, ikkinçi kötarinki davrni boşdan keçiryapti. Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston bilan ham aloqalar ijobiy va yuqori darajada.
Qudratli davlatlar orasida, yildan yilga ziddiyatlar kuçayib bormoqda. Rossiya, AQŞ, Xitoy Xalq Respublikasi örtasida yeçib bölmas ziddiyatlar şakllanib ulgurdi. Bu davlatlar özaro munosabatda, bir-birini “duşman” yeki “strategik raqib” deb biladi.
Özbekistonda hokimiyat almaşganiga 7 yil bölyapti. Lekin, şu paytga qadar Özbekiston özining aniq geostrategik oriyentirini belgilagani yöq. Yaqinda prezident Ozarboyjonda ötgan “Xalqaro qöşilmaslik harakati” sammitida iştirok etib, Moskva, Vaşington va Pekinga “men heç bir harbiy bloklarga qöşilmayman, özaro ziddiyatlarda men betaraf qolaman” degandek böldi.
Prezident Mirziyoyev Surxondaryoda jamoatçilik oldida “Özbekiston kim tarafda?” degan savol qöydi. Davlat rahbarining pozitsiyasini soddalaştirsak, “Özbekiston köpvektorli va tengvektorli geosiyosat yölini tanladi va şu yölda davom etadi”ni anglatadi. Bu pozitsiya heç bir tarafni töliq qoniqtirmasligi aniq, lekin, heç bir tarafning ğazabini ham keltirmaydi.

















