Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi
Natijada 12 mln kishi toza ichimlik suv yoki sanitariyadan, 2,9 mln bola esa munosib ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Foto: Getty images
Buyuk Britaniya tomonidan xalqaro yordamning keskin qisqartirilishi dunyodagi eng kambag‘al 55,5 million kishini zarur resurslardan mahrum qiladi. Bu haqda Save the Children xalqaro xayriya tashkiloti tadqiqotlariga tayanib The Independent xabar berdi.
Buyuk Britaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xalqaro yordam birmuncha vaqtdan beri kamayib bormoqda va hukumat rejalariga ko‘ra, bu boradagi ko‘rsatkichlar 2027 yilda 9,22 milliard funt sterlingni tashkil etadi (2023 yilda 15,3 milliard funt sterling bo‘lgan). Bu mamlakat YaIMning 0,3 foizini tashkil qiladi va oxirgi chorak asrdagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hukumat manbalaridan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, xarajatlarning qisqartirilishi sabab 2027 yilda butun dunyo bo‘ylab taxminan 10,3 million insonga yordam ko‘rsatiladi — 2019 yilda mazkur ko‘rsatkich 65,8 million kishini tashkil etgan.
Xayriya tashkilotining baholashicha, 12 million kishi toza ichimlik suv yoki sanitariyadan, 2,9 million bola esa munosib ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, Britaniya gumanitar yordamini — oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib pul ko‘rinishidagi subsidiyalarni oluvchilar soni 9,9 milliondan 2,1 milliongacha qisqaradi.
Shu bilan birga, gazetaning qayd etishicha, ayrim dasturlar, jumladan, ko‘p tomonlama iqlim loyihalari hamda G‘azo, Sudan va Ukrainaga ko‘ratiladigan yordamlar qisqarmaydi. Tashqi ishlar vazirligining xalqaro yordamlarni boshqarishga mas’ul idorasi ushbu dasturlarni «asosiy ustuvor yo‘nalishlar» ro‘yxatiga kiritgan — ularning budjetlari har qanday sharoitda ham qisqartirilmasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42
-
Rossiyada ota-onasi YTHda vafot etgan 11 yoshli bola O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 18:57
-
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi
Jamiyat | 18:55
-
Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida raketalarini sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 18:51
Mavzuga oid

23:42 / 25.04.2025
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

10:24 / 22.04.2025
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

20:31 / 21.04.2025