Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanişdi.
Uşbu turizm markazi Çorvoq suv ombori böyida qurilmoqda. Bu galgi taqdimotda uşbu yirik loyihaning bir neçta xorijiy kompaniyalar iştirokida işlab çiqilgan master-rejasi körib çiqildi.

Qayd etilganidek, turizm markazini 10 ta kiçik hududga bölib quriş közda tutilgan. Ularning har biri piyoda boriş mumkin bölgan köngiloçar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirğoq örtasida köprik qurilib, sayyohlarga qulaylik oşiriladi. Suv böyida xiyobon, plyaj va dam oliş joylari bölsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoşagohlar böladi. Şuningdek, madaniyat, ta’lim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Ya’ni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yaşaş imkoniyati ham yaratiladi.
Davlat rahbari bu loyiha barça sayyohlarga qulay bölişi lozimligini ta’kidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan ta’minlaş böyiça körsatmalar berdi.













