Davlat rahbari sessiya davomida taşqi siyosatdagi ayrim holatlar, Özbekiston kim tarafda turişi haqida töxtalib ötdi.
«Sizlar bilinglar: zamon juda murakkab. Hozir katta-katta davlatlar: «Özbekiston, sen kim tarafda. Böldi endi, neytral bölib yurişing böldi, yo u tomonga ötgin, yo bu tomonga ötgin», deya qattiq-qattiq aytib, vakillari ham kelib şunga da’vat qilyapti. «Örta Osiyoda Özbekiston bizga kerak, 36 million böldi, 3-4 yilda 40 million böladi, katta davlat böladi, kim tarafsan?» - deyapti. Qarang, şunday oğir savolga qanday javob beriş kerak? Javob bitta: bir tomonman, millatim, xalqim, buyuk Özbekistonimning manfaati uçun ölişga ham tayyorman, deb javob beraman», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uçun, 28 fevral kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Özbekiston poytaxti Toşkentga ilk bor taşrif buyurdi. Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Saidov uçraşuv «juda samarali» bölganini aytib, Vaşingtonga Özbekiston hukumati taşabbusi bilan boşlangan islohotlar dasturini doimiy qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirgan edi.
Şundan söng, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinkenning Markaziy Osiyo mamlakatlariga taşrifidan maqsad bu davlatlarning Rossiya bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yöq qiliş ekanini aytgandi.
«Ular (AQŞ) buni yaşirmaydi. Ular bu davlatlarning Rossiya bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolişiga yöl qöymaslik uçun işlamoqda», dedi Lavrov. Uning sözlariga köra, AQŞ, YeI va Buyuk Britaniya vakillari MDH davlatlarida faollikni oşirgan.

















