Qonun loyihasi 6 bölim, 155 moddadan iborat. 

Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

Konstitutsiyaviy Qonun kuçga kirguniga qadar Özbekiston Respublikasi hududida amalda bölgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar uşbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bölmagan qismida qöllanadi.

Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegişli qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinişidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, Konstitutsiyaviy Qonun kuçga kirgan paytdan e’tiboran töğridan töğri amal qiladi.

Avvalroq, Oliy Majlis Senati 14 mart kuni bölib ötgan majlisda yangi tahrirdagi Konstitutsiya töğrisidagi qonun loyihasi böyiça referendum ötkaziş töğrisidagi qarorni ma’qullagandi. 

83 senatordan 80 nafari qarorni qöllab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi, 2 nafari esa ovoz bermadi. 30 aprel kuni umumxalq referendumi ötkazilişi rejalaştirilgan. Saylov byulletenida «Siz «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol böladi.