Gurjiston poytaxtida 14 mart, seşanba kuni kremlparast Alt-Info guruhi va uning siyosiy qanoti - «Konservativ harakat» a’zolari va tarafdorlari norozilik namoyişi ötkazdi. Mahalliy OAV xabariga köra, Tbilisi markazidan ötgan yurişda bir neça ming kişi iştirok etgan.

Gurjiston bayroqlari kötarilgan, Ğarbga qarşi şiorlar aytilgan kolonna Rustaveli şohköçasi böylab parlamentga yöl oldi va u yerda bino oldida kötarilgan Yevropa Ittifoqi bayroğini yulib oldi,  keyin uni oyoq osti qilib, yoqib yubordi. Aksiya namoyişçilar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlar bilan keçgan. Aksiyadan söng Gurjiston politsiyasi parlament binosi oldida yana Yevropa Ittifoqi bayroğini osib qöydi.

Iştirokçilar Gurjistonga Ğarb ta’sirining kengayişi va Rossiya bilan aloqalar örnatilişiga qarşi çiqişdi. Şuningdek, ular mamlakatda «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasi böyiça referendum ötkazilişini va 7-9 martdagi namoyişlarning barça iştirokçilari jazolanişini talab qilişdi.

Bundan taşqari, radikallar 2021 yil 5 iyul kuni Tbilisida tartibsizliklar uyuştirgan Alt-Info harakatiga a’zolarni ozod qiliş talabi bilan çiqdi.

Gurjiston Içki işlar vazirligi Yevropa Ittifoqi bayroğini tahqirlaş fakti böyiça ma’muriy huquqbuzarlik işini qözğatdi. Içki işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, barça huquqbuzarlar aniqlanib, jarimaga tortiladi.

Davlat muassasalari binolariga osilgan Yevropa Ittifoqi bayroqlari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar va Gurjiston diplomatik aloqada bölgan mamlakatlar bayroqlariga yetkazilgan zarar uçun 1000 lari (taxminan 400 dollar) miqdorida jarima belgilangan. Takroriy huquqbuzarlik uçun - 2000 lari miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq.

Gurjiston parlamenti spikeri Şalva Papuaşvili namoyişçilarning harakatlarini qoralab, mamlakatda Yevropa Ittifoqi bayroğini tahqirlaş uçun ma’muriy javobgarlik joriy etilganini eslatib ötdi. «Biz radikalizm radikalizmni keltirib çiqarayotganini körib turibmiz. Bunday harakatlarni kim sodir etişidan qat’i nazar, qabul qilib bölmaydi», - dedi Papuaşvili.

Radikallarning xatti-harakatlari «Xalq kuçi» harakati yetakçisi, «Çet eldan ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasi taşabbuskori Dmitriy Xundadze tomonidan ham tanqid qilindi. Kremlparast kuçlar hujjat qabul qilinişini qöllab-quvvatlamoqda.