Videolavhada Rossiya qiruvçi samolyoti dron oldiga yonilği taşlab ketayotganini köriş mumkin. Qöşma Ştatlar rossiyalik uçuvçilarni xavfli va noprofessional harakatda aybladi.
16 mart, payşanba kuni AQŞ qurolli kuçlarining Yevropadagi qömondonligi 14 mart kuni Qora dengizda halokatga uçragan Amerikaning MQ-9 Reaper uçuvçisiz uçoği haqidagi maxfiy videoni e’lon qildi. Qömondonlik ma’lumotlariga köra, Rossiyaning ikki Su-27 qiruvçisi Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida bölgan AQŞ harbiy-havo kuçlarining razvedkaçi uçuvçisiz uçoğini «xavfsiz va noprofessional» tarzda tutib olgan.
AQŞ versiyasiga köra, qiruvçilardan biri ikki marta dron oldiga yonilği taşlab ötgan, söng dronga urilgan va uning vintlaridan biriga zarar yetkazgan. Şundan söng, ta’kidlanganidek, AQŞ harbiy-havo kuçlari şikastlangan dronni suvga çöktirişga majbur bölgan. AQŞ Davlat departamenti avvalroq Rossiya samolyotining Amerika uçuvçisiz uçoği bilan töqnaşuvi «rossiyalik uçuvçilarning malakasizligi» natijasida beixtiyor röy bergani haqida fikr bildirgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi uçuvçisiz uçoq halokatga uçraganini tasdiqladi, biroq töqnaşuv haqida xabar bermadi. Vazirlik rahbari Sergey Şoyguning aytişiça, hodisaga AQŞ «maxsus operatsiya» tufayli Rossiya tomonidan belgilangan parvozlarni çeklaş zonasiga amal qilmayotgani sabab bölgan. Kreml samolyot va dron örtasida «jismoniy aloqa» bölmaganini da’vo qildi.
Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşevning aytişiça, Rossiya Qora dengiz tubidan uçuvçisiz uçoq qoldiqlarini olişga harakat qiladi. Amerikaning ABC News telekompaniyasi manbalariga köra, rus harbiylari ularni allaqaçon qölga kiritişgan. Dronning qaysi qismlari suv ostidan olib çiqilgani noma’lum.
Vaşington Qöşma Ştatlar dronni himoya qiliş çoralarini körganini ma’lum qildi. CNN manbalarining ta’kidlaşiça, barça maxfiy ma’lumotlar drondan masofaviy tarzda öçirib yuborilgan.












