Internet va şou biznes olamida Dili.me nomi bilan tanilgan vayner şeriklari bilan birgalikda bir yigitni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgani uçun qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsiddinov bu ma’lumotni tasdiqlab, hodisa 23 yanvar kuni sodir bölganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Boş prokuraturaga köra, jinoyat işi böyiça gumonlanuvçi bir neça marotaba çaqirtirilişiga qaramasdan tergovga kelişdan böyin tovlab kelgan. Şu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida vayner 10 mart kuni uşlanib, tergovga jalb qilingan.

«Yaşnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Boş prokuratura bayonotida.

Kun.uz manbasiga köra, kaltaklangan şaxs 24 yaşar erkak bölib, u vaynerning kuyovi (singlisining turmuş örtoği) hisoblanadi. Nizoga örtada oilaviy kelişmovçilik sabab bölgani aytilmoqda. Mojaro aynan nimaning ortidan kelib çiqqani ma’lum emas.

Hajviy videolar va kliplardagi ijrosi bilan tanilgan vayner Dili.me Instagram'da 3,2 mln obunaçiga ega. Aktyorlik va blogerlikdan taşqari şaxsiy restoran biznesini ham yölga qöygan.

Ma’lumot uçun, Dili.me taxallusi bilan tanilgan Dilşod Örozboyev 1999 yil Toşkent şahrida dunyoga kelgan. Toşkent Estrada va sirk kollejida tahsil olgan. Intervyularining birida u Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga uç marta imtihon topşirsa ham öta olmaganini aytgan.