Marg‘ilon “brendi” shirmoy non qanday tayyorlanadi?
Har bir viloyatda o‘ziga xos uslubda non pishiriladi. Marg‘ilon shahrida shirmoy non milliy “brend” sifatida nom qozongan. Qiziq jihati, shirmoy non tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib qorilgan xamirning tayyor non holatiga kelishi uchun 24 soatdan ko‘proq vaqt ketadi. Jumladan, birgina xamirning o‘zi 24 soatda tayyor bo‘ladi.
Marg‘ilon shahridagi Chorchinor mahallasi Bozortagi ko‘chasidagi xonadonlardan birida shirmonpaz novvoy Anvarjon Qosimov qariyb 55 yildirki shirmoy non yopadi. Marg‘ilon “brendi” yopilishi tong sahardan boshlanadi...
“Tabiatan oddiylikni xush ko‘raman. Shuning uchun bo‘lsa kerak novvoyxonamga ortiqcha bezak berilmagan. Marg‘ilon shahri markazidagi shirmoypazlik mahallasida shogird bo‘lib yurib, o‘sha yerda novvoychilikni o‘rgangandim. Shirmoy non maxsus xamirturishdan tayyorlanadi. Tarkibiga biror bir ximikat qo‘shilmaydi.
To‘rtburchak shirmoy non faqat Marg‘ilon shahrida tayyorlanib, mahsulot qandli diabet kasaliga davo hisoblanadi. Shirmoy non tarkibidagi xamirturish 24 soatda tayyor holga keladi. Bu non mo‘jizaning o‘zginasi. Faqat uni tayyorlash uchun mehnat talab etiladi, xolos.
Nonni qandli diabetga chalinganlar olib ketishyapti. Qiziq jihati, buyurtma berganlar uchun non tandirga yopilgandan so‘ng u pishsa ham atay uzmaymiz. Tandir bag‘ridagi nonlar bir sutkadan keyin o‘zi to‘kila boshlaydi. Ana shu non iste’mol qilinsa xuddi shakar solingandek ajib ta’mga kiradi. Xamir tarkibiga shakar solmasak ham, u tabiiy shirin ta’m beradi. Uni Toshkent va Qo‘qon shahriga olib ketishyapti...
Tayyorlanishi
Xamir tarkibiga arpabodiyon, no‘xatning quritilgani va un solinadi. No‘xat maydalanadi. Mis idishda arpabodiyon 40 daqiqa qaynatiladi. Ana undan keyin maydalangan no‘xat mis idishga solinadi. 24 soatda xuddi muzqaymoqdek bo‘lib xamirturish tayyor bo‘ladi. Xamirturush yasab olish jarayoni o‘ta murakkab. Shirmoy non xamiri pokizalikni xush ko‘radi.
Shirmoy non yopishni 1969 yilda o‘rgandim. Davlat ishida ishlab pensiyaga chiqdim. Shunday bo‘lsa-da, doim harakatdaman. Yoshligimda bir kunda 50 kg undan shirmoy non yopardim. Endi esa bu raqam 25 kg.ga tushdi.
25 kg undan tayyorlangan maxsus xamirdan 104-108 ta shirmoy non chiqadi. Turmush o‘rtog‘im uni bozorda sotib keladi. Narxi 4 000 so‘mni tashkil qiladi. Muborak Ramazon oyida iftorlik paytiga shirmoy nonlarni tayyorlaymiz. Marg‘ilon shahri bo‘yicha 5 kishi shirmoy non yopish bilan shug‘ullanadi.
Shirmoy non yopish uchun uyqudan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Uyqu deyarli bo‘lmaydi. Yopilishidan bir kun avval soat 23:00 larda harakat boshlansa, ertasi kuni soat 06:00, 07:00 larga bozorga olib chiqamiz. Bu kasb ortidan qora qozonimiz qaynab turibdi. Ikki o‘g‘il uyladim, qizimni chiqardim, nevara to‘ylarini qildim. Shirmoy non tayyorlashda oilaviy mehnat qilamiz”, – deydi shirmonpaz novvoy Anvarjon Qosimov.
Sarvar Ziyayev
Abdusalim Abduvohidov.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

14:36 / 16.03.2025
Farg‘onada inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni sotayotgan shaxs ushlandi

12:10 / 15.03.2025
“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida

10:22 / 06.02.2025
Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

14:17 / 27.08.2024