U şeriklari bilan Farğona şahrida fuqarodan tovlamaçilik yöli bilan 200 ming dollar talab qilganlikda gumonlanmoqda.

Farğona IIB axborot xizmati xabariga köra, «Mansur Kazanskiy» laqabi bilan tanilgan, uyuşgan jinoyatçilikka aloqador bölgan Mansur Aripov Toşkent şahrida yaşovçi şaxsning noturar joyini 1 mln 200 ming dollarga sotib olgan. Hisob-kitobni mazkur ob’yektni garovga qöyiş orqali bank krediti asosida amalga oşirişga kelişişgan.

Uşbu kelişuv asosida noturar joy notarial tartibda Aripov nomiga rasmiylaştirilgan. Şundan söng u kredit böyiça oylik tölovlar va foizlar bilan tanişib, kredit olişdan boş tortgan. Ammo u ob’yektni asl egasiga qaytariş örniga uni jabrlanuvçining nomiga qayta rasmiylaştirib beriş evaziga 200 ming dollar talab qila boşlagan.

Bundan taşqari, u 1968-yilda tuğilgan şerigi bilan birga jabrlanuvçining tadbirkor hamkoriga ham bosim ötkazib, unga nisbatan qoralovçi materiallar töplangani va jinoiy javobgarlikka tortiş bilan qörqitib, pul berişga majburlab kelgan.

Farğona viloyati IIB hamda DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi Farğona şahridagi Burhoniddin Marğinoniy köçasida joylaşgan notarial idorada noturar binoni jabrlanuvçiga ötkazib beriş evaziga 100 ming dollar olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoyatga aloqador şaxslar protsessual tartibda uşlangan. Huquq-tartibot organlari uşbu şaxslardan jabr körgan fuqarolar bölsa, 102 raqamiga qönğiroq qilib xabar berişni söragan.