Boş prokuratura huzuridagi departament Payariq tumani va Marğilon şahrida yer sotiş bilan boğliq noqonuniy holatlarga çek qöydi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. va boşqalar Payariq tumanidagi «O‘.B.» fermer xöjaligining 0,70 gektar yer maydonini issiqxona quriş uçun fuqaro S.I.ga ajratib, hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 4 500 AQŞ dollarini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Marğilon şahrida ötkazilgan tekşiruvda «I.F.» AJ buyum bozori nazoratçisi A.Ş. va fuqaro S.S. tadbirkor X.I.ga uşbu buyum bozori hududidan savdo nuqtasi uçun yer maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 25 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlanib, uşbu pullarni töliq qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.