Ma’lum bölişiça, mahalla fuqarolar yiğini raisi va 1970 yilda tuğilgan fuqaro davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQŞ dollariga sotişga kelişgan. Şuningdek, ular Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali muhandisi orqali 2-3 ming dollar evaziga yer hujjatlarini rasmiylaştirib berişni maqsad qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi va mazkur fuqaro 17 ming AQŞ dollari hamda 37 million söm olgan vaqtida qölga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni şu kabi qonunbuziliş holatlari haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanişi ta’kidlandi.












