Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Şimoliy Makedoniyadagi hamkasbi Buyar Usmoniy bilan birgalikda Haagadagi Xalqaro sud (XJS) tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş uçun çiqarilgan orderni qöllab-quvvatladi, deb xabar beradi dpa 23 mart, payşanba kuni.

«Heç kim Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomidan, xalqaro humanitar huquqdan ustun emas, heç kim jazosiz uruş jinoyatlarini, insoniyatga qarşi jinoyatlarni sodir eta olmaydi», dedi Berbok Skopega taşrifi çoğida. «Şuning uçun biz hozir hibsga oliş orderi böyiça Xalqaro jinoiy sudni qöllab-quvvatlamoqdamiz», deya qöşimça qildi u. Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Şols ham xuddi şunday bayonot bergan edi. «Heç kim huquq va qonundan ustun turolmaydi», dedi u.

Berbokning aytişiça, Germaniya uruş jinoyatlari jazosiz qolmasligi uçun yaratilgan Xalqaro jinoiy sudni töliq qöllab-quvvatlaydi. «Ba’zida vaqt kerak, ba’zida önlab yillar kerak», dedi Berbok. Usmoniy, şuningdek, Şimoliy Makedoniya uruşning boşidanoq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoralab, Yevropa Ittifoqining barça sanksiyalar paketlariga qöşilganini eslatdi. «Barça huquqbuzarlar javobgarlikka tortiladi», - dedi Usmoniy.

Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Putin ustidan sud böladigan bölsa, Haagaga raketa hujumi uyuştirilişi bilan tahdid qilgandi. «Haaga sudi binosiga Şimoliy dengizdagi Rossiya kemasidan gipertovuşli taşuvçi zarba berişini tasavvur qiliş mumkin. Şunday ekan, sudyalar, osmonga diqqat bilan qaranglar», deb yozadi Medvedev.