Afğoniston Amudaryodan Qöştepa kanali qurilişi loyihasini «Özbekiston bilan özaro anglaşuv asosida» amalga oşirişga tayyor. Bu haqda Afğoniston muvaqqat hukumati boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodar 22 mart kuni Kobulda Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi bilan uçraşuv vaqtida ma’lum qilgan. Barodar uçraşuv tafsilotlari haqida Twitter sahifasida yozib qoldirgan.

Uning aytişiça, Özbekiston «boşqa infratuzilma loyihalari qatori Qöştepa kanali qurilişi loyihasi samaradorligini oşiriş uçun [Afğoniston] texnik guruhlari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan».

Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning «xalqaro standartlarga muvofiq, hamda Afğonistonning imtiyoz va huquqlarini töliq hisobga olgan holda» Amudaryodan suv oliş huquqi mavjudligini qayd etgan.

Abdul Ğani Barodar esa «Özbekiston tomonini Qöştepa kanali loyihasini yakunlaş ikki qöşni mamlakat örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşiga işontirgan». Xabarda loyiha «öta muhim» deb baholangan.

  • Ma’lumot uçun, eni 100 metr, loyihaviy uzunligi – 285 km bölgan Qöştepa kanali qurib bitkazilsa, Amudaryo suvining uçdan bir qismi Afğonistonning şimoliy hududlariga yönaltirilişi mumkin. Bu esa Özbekistonning bir qator viloyatlarida suv taqçilligini kuçaytiradi.

Savdo, transport va ayollar huquqlari

Özbekiston delegatsiyasi Kobulda toliblar hukumati taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amirxon Muttaqiy, mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi mulla Yoqub Mujohid, muvaqqat hukumatning boşqa a’zolari va iqtisodiy tuzilmalar vakillari bilan ham qator uçraşuvlar ötkazgan.

Foto: twitter.com/FDPM_AFG.

Muzokaralar çoğida özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, Afğoniston hududi orqali turli tranzit yuklarni taşiş hajmini oşiriş, muhim transport-energetika loyihalarini amalga oşiriş kabi masalalar muhokama qilingan.

Muhim transport-energetika loyihalarini amalga oşiriş, xususan, «Termiz–Mozori-Şarif–Kobul–Peşovar» temiryölini quriş, «Surxon–Puli-Xumri» yönalişi böylab elektr tarmoğini tortiş masalalari alohida körib çiqilgan.

«Tomonlar işning amaliy bosqiçiga tezroq ötiş zarurligini ta’kidladilar va ikki tomonlama kun tartibidagi barça masalalar böyiça konstruktiv muloqotni davom ettirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar», — deyiladi Özbekiston TIV xabarida.

Qayd etilişiça, muloqotlar çoğida ayollar huquqlarini hurmat qiliş va himoya qiliş, qizlarning Afğonistonda ta’lim olişini ta’minlaş, şuningdek, Termiz şahridagi Ta’lim markazi negizida afğon kadrlarini tayyorlaş zarurligi ta’kidlangan. Uçraşuvlar doirasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Afğoniston taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Abdulqahhor Balxiyning yozişiça, Abdulaziz Komilov va Amirxon Muttaqiy örtasidagi muzokaralarda «mamlakatlar örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, qişloq xöjaligi va boşqa sohalardagi hamkorlik masalalari har tomonlama muhokama qilingan».

Abdulaziz Komilovning sözlaridan iqtibos keltirgan holda, u Özbekiston Afğoniston bilan qişloq va suv xöjaligi sohasida texnik maslahatlar bilan bölişişga va özaro tovar ayirboşlaş darajasini 1 milliard dollarga yetkazişga tayyorligini bildirgan.

Abdulaziz Komilov va Yoqub Mujohid
Foto: twitter.com/QaharBalkhi​​​​​

Afğoniston mudofaa vazirligining Twitter sahifasida xabar berilişiça, muzokaralarda «çegara, xavfsizlik va boşqa tegişli mavzular» ham muhokama qilingan.