S guruhi
Keyn Runidan özib ketdi

Italiya — Angliya 1:2
Gollar: Retegi (56) — Rays (13), Keyn (44, penalti).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Toloi, Açerbi, Spinatssola, Verratti (Skamakka, 88), Jorjino (Tonali, 69), Barella (Kristante, 62), Pellegrini (Nonto, 69), Berardi (Politano, 62), Retegi.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Şou, Fillips, Rays, Bellingem (Gallaher, 85), Griliş (Foden, 69; Tripper, 81), Saka (Jyeyms, 85), Keyn.
Ogohlantirişlar: Rays (29), Di Lorenso (52), Maguayr (57), Jorjino (61), Uoker (71), Şou (78), Açerbi (90).
Çetlatiş: Şou (80).
Yevro-2024 uçun qur’a muxlislarga birinçi turdayoq oldingi Yevropa çempionati finali remeykini taqdim etdi. Şu bilan birga, Italiya va Angliya öşa finaldan keyin yana özaro töqnaşgan, Millatlar ligasi guruh bosqiçida «skuadra adzurra» britanlar hujumiga imkon bermagandi (0:0, 1:0), bir söz bilan aytganda, Roberto Mançini mamlakat JÇ-2022 yöllanmasisiz qolganidan keyin xatolar ustida iş olib borganini körsatgandi.
Şu bilan birga uşbu murabbiy kutilmagan yangi futbolçilarni tanlaş borasida öz uslubiga sodiq qoldi va hujum markaziga 23 yoşli Retegini jönatdi. Bobosi va buvisi italiyalik bölgani evaziga Italiya fuqaroligini olgan uşbu argentinalik vatanida «Tigre» klubi safida ikkinçi yorqin mavsumini ötkazmoqda, uning transfer huquqi esa «Boka Xuniors»ga tegişli hisoblanadi. Umuman olganda, Italiya tarkibida uşbu yangi futbolçiga muqobil variantlar köp emasdi, Raspadori jarohatlangan, Immobile formada emas, Belotti esa «Roma»da rotatsiya futbolçisiga aylangan.
Mançini özining dadil qarorlari bilan — hamon Maguayrga işonç bildirib kelayotgan Garet Sautgeytning mutlaqo teskarisi. Lekin ğoliblar muhokama qilinmaydi, «Uç şerlar» esa 11 yil içida ilk bor Italiyadan ustun kelişdi. Barçasi Rays qaytgan töpni öziga böysundirib, aniq zarba berişi bilan boşlandi. Bölim oxirida ikkinçi gol urildi — töp Di Lorensoning qöli tekkanidan keyin VAR aralaşuvi bilan tarixiy 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
Keyn bu ideal imkoniyatdan foydalandi va terma jamoa uçun 54-golini urib, uning tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylanib oldi. U bu gol bilan Ueyn Runidan özib ketdi. Harri tanaffusga ketiş arafasida ajoyib pas bilan Grilişni juda qulay vaziyatga çiqardi, ammo u böş darvoza qarşisida turib töpni darvoza töriga kiritişni emas, maydon taşqarisiga çiqarib yuborişni «uddaladi».
just how grealish??????
— Lalith G 🤠🇦🇷 (@LalithG30) March 23, 2023
pic.twitter.com/D32kki8BDk
Aytiş mumkinki, u italiyaliklarni ayadi, agar u töpga aniq tepganida birinçi bölimdayoq hisob yirik köriniş olgan bölardi. Va bu Reşford jarohat tufayli Neapolga kelmaganida böldi.
Alaloqibat Grilişning xatosi va Mançinining tanaffusda olib borgan işlari Italiyani jonlantirdi. Qolaversa, Retegining terma jamoa uçun debyut goli nafaqat Pellegrinining ideal uzatmasi evaziga, balki Maguayrning «yordami» bilan urildi. U himoyadan çiqişda töpni raqibga topşirib, öz jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi, xatosini tuzatişga harakat qilib, Barellaga jarohat yetkazdi.
Harry Maguire plays international football 🤨pic.twitter.com/98EkBDxkhw
— Gar⚽️Breen (@GarBreeninhoLfc) March 23, 2023
Öyinning 79-daqiqasida Şou ikkinçi sariq kartoçkani olib maydonni tark etganida esa, intriga yanada kuçaydi. Ammo inglizlar ön kişi bölib ham ğalabani saqlab qolişdi.
Şimoliy Makedoniya — Malta 2:1
Gollar: Elmaz (66), Çurlinov (72) — Yannik (86).

26 mart. Angliya — Ukraina, Malta — Italiya.
J guruhi
Kanselu rekord sari ketmoqda

Portugaliya — Lixtenşteyn 4:0
Gollar: Kanselu (8), Silva (47), Ronaldu (51 penalti, 63).
Portugaliya – Patrisiu, Kanselu, Diaş, Inasiu, Danilu (Neveş, 67), Gerreyru, Fernandeş (Mariu, 90), Bernardu Silva (Vitinya, 79), Palinya, Feliş (Leau, 67), Ronaldu (Ramuş, 78).
Sakkiz yil muqaddam Fernandu Santuş tomonidan qabul qilib olingan va uning qöl ostida Yevro-2016 ğolibi bölgan va keyinroq birinçi Millatlar Ligasida ğalaba qozongan Portugaliya payşanba kuni yangi hayot boşladi, jamoa Roberto Martines boşçiligida ilk uçraşuvini ötkazdi. Ispaniyalik uşbu mutaxassis olti yilini Belgiyaga bağişladi va bu jamoaning oltin avlodi bilan JÇ-2018 turnirida bronza medallarni qölga kiritdi, ammo keyingi vaqtlarda jamoa boşi berk köçaga kirib qoldi. Avvaliga bu ijodiy inqiroz edi va bu öyin sifati hamda natijalarda aks etdi, keyin esa inqiroz globallaşib, Qatardagi jahon birinçiligi vaqtida jamoa içida janjallar yuzaga keltirib çiqardi.
Lekin hozir hamma barçasini oq qoğozdan boşlamoqda, Portugaliyaning saralaş bosqiçi startidagi raqibi esa qandaydir yangi narsani sinab köriş va statistikani yaxşilaş uçun ideal edi. Öyin boşlanişi bilanoq tarixiy körsatkiç qayd etildi. Özi uçun qadrdon bölgan «Joze Alvalade» stadionida Kriştianu Ronaldu kuvaytlik Bader al-Mutavani ortda qoldirgan holda terma jamoasida eng köp öyin ötkaziş böyiça jahon rekordçisiga aylandi.
Portugaliya safidagi 197-öyinida sardor özining boşqa rekordini ham yaxşiladi — terma jamoalar miqyosida gol uriş böyiça. Penaltini aniq ijro etib, jarima zarbasini golga aylantirganidan keyin Krişning milliy jamoadagi gollari soni 120 taga yetdi. Va Yevro saralaş turnirlarida urilgan 32 gol ham eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi. Hayratlanarli jihati, Ronaldu Lixtenşteyn darvozasini faqat uçinçi öyinga kelib işğol qila oldi, endi bu jamoa uning 175-qurbon jamoasi böldi.
Hisobni oçuvçi gol muallifi bölgan va Ronaldu uçun 11 metrlik jarima zarbasi işlagan Joau Kanseluni ham alohida qayd etiş mumkin. Hozirda «Bavariya» safida ijara asosida öynayotgan «Siti» futbolçisi kelajakda eng samarador portugaliyalik himoyaçi bölib olişi mumkin. Hozirda terma jamoa uçun 8 gol urib ulgurgan Kanselu Pepe va Fernandu Koutuga yetib oldi, oldinda esa hisobida 11 gol bölgan Brunu Alveş bor.
Bosniya va Gersegovina — Islandiya 3:0
Gollar: Kruniç (14, 40), Dediç (63).
Bosniya va Gersegovina – Şexiç, Dediç (Hajikaduniç, 72), Miliçeviç, Saniçanin, Ahmedhojiç, Gazibegoviç, Kruniç, Hajiahmetoviç (Prsiç, 72), Prevlyak (Kodro, 67), Demiroviç (Bilbiya, 82), Tahiroviç (Tsimirot, 82).
Islandiya – Runarsson, Magnusson, Gretarsson, Oulavsson, Sigurdsson (Anderson, 67), Gudmundsson, Traustason (Tourdarson, 83), Haraldsson, Paulsson, Finnbogason (Gudonsen, 83), Torsteynsson (Ellersson, 67).
Slovakiya — Lyuksemburg 0:0

26 mart. Lyuksemburg — Portugaliya, Slovakiya — Bosniya, Lixtenşteyn — Islandiya.
N guruhi
Qozoğiston startdayoq yutqazdi

Daniya — Finlandiya 3:1
Gollar: Heylund (21, 82, 90+3) — Antman (53).
Daniya – Şmeyxel, Ba, Ker, Kristensen (Nelsson, 18), Mele (Larsen, 65), Nyorgor, Hyoyberg, Yyensen (Billing, 77), Damsgor (Darami, 65), Breytueyt (Vind, 77), Heylund.
Finlandiya – Gradetski, Alxo, Vyaysyanen, Ivanov, Yyensen (Ollila, 74), Lud (Forss, 74), Kamara, Kayrinen, Pukki, Poxyanpalo, Antman (Suxonen, 72).
2022 yilgi jahon çempionatida muvaffaqiyatsizlikka uçragan Daniya yangilanmoqda va Yevropa saralaşidagi birinçi gol uşbu yangilaniş ramzi böldi. Endi öng qanot uçun javob berayotgan Ba rasmiy öyinlarda boşlanğiç tarkibdagi debyutini xuddi şunday holatdagi Heylundga golli uzatma amalga oşiriş bilan nişonladi. «Atalanta»da porlayotgan uşbu 20 yoşli hujumçi Kopenhagendagi öyin qahramoniga aylandi. Burçak zarbasidan keyin u hal qiluvçi golni urdi, yakunda esa het-trik rasmiylaştirdi, daniyalik futbolçilar Yevro saralaşlarida bunday natijaga 40 yildan buyon — Mixael Laudrup öynagan davrlardan buyon erişmagandi.
Şu bilan birga mezbonlar öyini hali idealdan uzoq va Kristensen öyin boşidayoq jarohat olib safdan çiqqaç, finnlar namunali qarşi hujum bilan raqib himoyasini yorib ötişdi va Pukkining nozik uzatmasidan keyin hisob tenglaştirildi.
Qozoğiston — Sloveniya 1:2
Gollar: Samorodov (24) — Brekalo (47), Vipotnik (78).
Qozoğiston – Şatskiy, Gabişev (Kairov, 68), Maliy, Bistrov (Yerlanov, 79), Maroçkin, Vorogovskiy, Orazov, Samorodov (Islomxon, 63), Darabayev (Beysebekov, 79), Tagibergen, Aymbetov (Zaynutdinov, 63).
Sloveniya – Oblak, Karniçnik, Blajiç (Brekalo, 5), Biyol, Balkovets (Zayts, 46), Stoyanoviç, Verbiç (Lovriç, 70), Gorens-Stankoviç, Gnezda-Çerin, Tselar (Vipotnik, 70), Şeşko.
Rossiyalik mutaxassis Magomed Adiyev boş murabbiyligidagi Qozoğiston jamoasi öyini Millatlar Ligasi kaşfiyotlaridan bölgandi. Ammo qit’a birinçiligi uçun saralaş turniri — boşqaça mas’uliyat va raqiblar degani va buni Astanadagi öyin körsatib qöydi. Slovenlarga qarşi öyin boşlanğiç tarkibidan birgina legioner - «Axmat» a’zosi Bistrov örin oldi, TsSKA vakili Zaynutdinov va «Ximki» a’zosi Skvorsov zaxirada qoldirildi, «Zenit» futbolçisi Alip esa zayavkaga ham kiritilmadi.
Şu bilan birga 20 yoşli yarimhimoyaçisi Samorodov körinişida yangi qahramon paydo böldi. U öz faoliyatida ilk bor terma jamoa boşlanğiç tarkibida öynadi va hisobni oçdi. Ammo slovenlar ikkinçi bölimda taşabbusni qölga olişdi va burak zarbasidan keyin hisobni tenglaştirişdi.
Aymbetov öz vaziyatidan foydalanganida voqealar rivoji boşqaça rivojlangan bölişi mumkin edi. Ammo u zarba berişda xatoga yöl qöydi, mezbonlar safida zaxiradan öyinga qöşilgan Kairov esa öyin oxirlariga yaqin raqib hujumini ötkazib yubordi. U yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan Zaytsni jarohat evaziga töxtatgan Bistrovdan yomonroq öynadi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Oblak qahramonlik körsatib, darvoza tösini ostidan kirib ketayotgan töpni olib çiqdi.
San-Marino — Şimoliy Irlandiya 0:2
Gollar: Şarles (24, 55).

26 mart. Daniya — Qozoğiston, Şimoliy Irlandiya — Finlandiya, Sloveniya — San-Marino.
Qit’a çempionati haqida asosiy ma’lumotlar
Yevropa çempionatining final qismi Germaniyada ötkaziladi. Turnir mezbonligi uçun Turkiya ham da’vogarlik qilgandi, ammo nemislar ustunlik qilişdi. Germaniya birlaşganidan buyon ilk bor Yevroni qabul qilmoqda, ammo 1988 yilgi qit’a birinçiligi ham GFRda bölib ötgandi.
Saralaş turnirida 53 terma jamoa iştirok etadi – bu UYeFA tarkibidagi a’zolar sonidan ikkitaga kam. Germaniya mezbon sifatida saralaşdan ozod etilgan, Rossiya esa sanksiyalar tufayli çetlatilgan.
Barça iştirokçilar 10 guruhga ajratilgan, ularning yettitasida terma jamoalar soni beştadan, uçtasida esa oltitadan. Jami 10 tur közda tutilgan: yakuniy tur 2023 yil noyabriga belgilangan.
Barça guruhlar:
A guruhi: Ispaniya, Şotlandiya, Norvegiya, Gurjiston, Kipr
B guruhi: Niderlandiya, Fransiya, Irlandiya, Gretsiya, Gibraltar
C guruhi: Italiya, Angliya, Ukraina, Şimoliy Makedoniya, Malta
D guruhi: Xorvatiya, Uels, Armaniston, Turkiya, Latviya
E guruhi: Polşa, Çexiya, Albaniya, Farer orollari, Moldova
F guruhi: Belgiya, Avstriya, Şvetsiya, Ozarboyjon, Estoniya
G guruhi: Vengriya, Serbiya, Çernogoriya, Bolgariya, Litva
H guruhi: Daniya, Finlandiya, Sloveniya, Qozoğiton, Şimoliy Irlandiya, San-Marino
I guruhi: Şveytsariya, Isroil, Ruminiya, Kosovo, Belarus, Andorra
J guruhi: Portugaliya, Bosniya, Islandiya, Lyuksemburg, Slovakiya, Lixtenşteyn












