2023 yilning fevral oyida ayrim davlat buyurtmaçilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oşirişda jami 25 mlrd sömlik qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yilning fevral oyida jami 4,35 trln sömlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oşirilgan bölib, şundan 234,2 mlrd sömlik 39 006 ta xaridlar elektron dökon, 25,5 mlrd sömlik 1 895 ta xaridlar elektron auksion, 203 mlrd sömlik 2 103 ta xaridlar eng yaxşi taklifni tanlaş, 107,5 mlrd. sömlik 521 ta xarid tender, 1,5 trln sömlik 9 989 ta xaridlar yagona yetkazib beruvçilar bilan, 2,28 trln sömlik 23 897 ta xaridlar töğridan-töğri şaklda amalga oşirilgan.
Şuningdek, ayrim davlat buyurtmaçilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oşirişda 25 mlrd sömlik qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilgan. Qonunbuziliş holatlarini bartaraf qiliş hamda kelgusida şu kabi holatlarga yöl qöymaslik haqida buyurtmaçilarga 26 ta taqdimnoma, şuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho beriş uçun töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.
Xususan, «Uzbekistan Airports» AJ buyurtmaçiligida 2023 yil 7 fevral kuni 4,3 mlrd sömga jihozlar xarid qiliş böyiça ötkazilgan davlat xaridi örganilganda «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonunning 34-moddasi talabiga zid ravişda davlat xaridlari jarayonida iştirokçilarga raqobatni çeklovçi şartlar kiritilgani aniqlangan.
Şu kabi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmaçiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 2,6 mlrd sömga «Temir-beton ustun» xarid qiliş böyiça ötkazilgan davlat xaridi örganilganda «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonunning 10-, 14- va 46-moddalari talablari buzilganligi ma’lum bölgan.
Şuningdek, Toşkent viloyati Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmaçiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 796 mln sömga tibbiy asbob-uskunalar sotib oliş böyiça ötkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmagani aniqlangan.
Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan özaro affillangan iştirokçilar xarid qiliş tartib-taomillarida iştirok etişdan çetlatilmasdan «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonunining 23-moddasi va «Raqobat töğrisida»gi Qonunining 14-moddasi talablari buzilgan.
Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va sörovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta ma’muriy iş qözğatilgan.











