19 mart kuni bölib ötgan saylovlar natijasida röyxatga olingan yettita partiyadan oltitasi Qozoğiston parlamenti quyi palatasiga kirdi. Tengrinews.kz internet portalining 27 mart, duşanba kuni xabar berişiça, hukmron «Amanat» partiyasi (sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning «Nur Otan» partiyasi) 53,90 foiz ovoz töplab, eng köp mandatga ega böldi. 

Markaziy saylov komissiyasining hisob-kitob natijalariga köra, 10,90 foiz ovoz bilan «Auyl» vatanparvarlik partiyasi ikkinçi örinni egallagan bölsa, 8,59 foiz ovoz olgan «Respublika» (Respublica) partiyasi uçinçi örindan joy oldi.

Bundan taşqari, «Aq Jol» partiyasi (8,41 foiz ovoz), Qozoğiston Xalq partiyasi (6,80 foiz ovoz) va muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiyasi (5,20 foiz ovoz) beş foizlik tösiqdan ötdi. 

Majlis tarkibiga 98 deputat kiradi. Ular proporsional (milliy saylov okrugida 5 foiz tösiqli partiya röyxatlari böyiça, 69 mandat) va majoritar (bir mandatli saylov okrugi, 29 mandat) tizimlar böyiça saylangan. 

Hozirça parlamentda faqat uçta hukumatparast partiyalar vakillik qilgan. 

Qozoğistondagi saylovlarda muxolifatçilar qariyb 20 yil içida birinçi marta mustaqil nomzod sifatida qatnaşdi. Yaqinda röyxatdan ötgan «Baytak» partiyasi 5 foizlik tösiqqa yeta olmadi.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 2022 yil boşida hukumatga qarşi ommaviy namoyişlar va tartibsizliklardan söng boşlagan modernizatsiya jarayonining bir qismi sifatida yanvar oyida navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkazilişini e’lon qildi.