Prezident Qosim-Jömart Töqayev «Qozoğiston va Özbekiston örtasida Qozoğiston-Özbekiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Oqörda matbuot xizmati xabar berdi.

Zakon xabariga köra, kelişuvda daryo özanining özgarişi munosabati bilan Özbekiston-Qozoğiston çegarasi 5 kilometrga çözilgan.

«Delimitatsiya paytida xaritada çegara çiziği çizilgan, demarkatsiya paytida bu yerda daryo özani özgargani ma’lum böldi. Bizni ikkita daryo – Sirdaryo va Keles birlaştirib turadi. Özan özgarmoqda, nasosli orolçalar özgarib bormoqda. Çegara an’anaviy ravişda daryoning formatiga köra çiziladi. Hozirda çegara - 2356 kilometr 666 metr. U yana 5 kilometrga çözildi», — dedi Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Roman Vasilenko. 

2022 yil 22 dekabr kuni ikki davlat prezidentlari tomonidan Özbekiston-Qozoğiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisidagi bitim imzolanişi bilan çegarani qonuniy rasmiylaştiriş jarayoni yakunlangan edi. Çegarani belgilaş 2001 va 2022 yillardagi davlat çegarasi töğrisidagi şartnomalar asosida amalga oşirildi. 

Demarkatsiya böyiça muzokaralar 2003 yilda boşlangan. Yerga çegara belgilarini örnatiş böyiça dala işlari 2004 yildan 2021 yilgaça davom etdi. 

Ötgan 19 yil davomida demarkatsiya komissiyasining 100 ta, demarkatsiya böyiça qöşma işçi guruhining 34 ta yiğilişi bölib ötdi. Demarkatsiya işlari natijalariga köra, çegaralarning uzunligi 2356 ming kmni taşkil etdi, çegara çiziğiga 1301 ta çegara belgilari örnatildi. 

Çegaralarni belgilaş natijalari uşbu bitimning ajralmas qismi bölgan va unga ilova sifatida tuzilgan 8 ming varaqdan ortiq hajmdagi hujjatlarda aks ettirilgan.