Olov bir oiladan to‘rt kishini o‘ldirdi: FVB vaziyatni jim kuzatmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida gaz portlashi natijasida bobo-buvi hamda ularning voyaga yetmagan ikki nabirasi nobud bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Kun.uz muxbiri mazkur tumanda bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

Voqea 2023 yilning 17 mart kuni tonggi 5.00 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash xonadon egalarining isitish pechini noto‘g‘ri o‘t oldirishi oqibatida kelib chiqqan.
Biz portlash sodir bo‘lgan xonadonga bordik. Marhumlarning yaqinlari og‘ir musibat ustida bo‘lgani uchun holat haqida kamera qarshisida gapirishni istashmadi. Shundan so‘ng, tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bemorlar shifoxonaga olib kelingan vaqtda qanday holatda bo‘lgani bilan qiziqdik.
Bemorlarni qabul qilib olgan shifokor Zohir Mardiyevga ko‘ra, ularning ahvoli kelgan vaqtda ham ancha og‘ir bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, shifokorlar bilan muloqotga kirisha olishgan. Tana va yuz sohalarida 60-70 foizgacha kuyish alomatlari bo‘lgan. Bobo va buvining holati ancha og‘ir bo‘lgani sababli ularni tuman tibbiyot birlashmasidan ko‘chirish lozim topilmagan. Nabiralar esa RShTYoIM Samarqand filialiga ko‘chirilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, oila a’zolarining barchasi nobud bo‘lgan: buvi va ikki nabira 26 mart kuni, bobo esa 27 mart kuni vafot etgan.
Tuman prokuraturasi ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Kattaqo‘rg‘on tumangaz bo‘limi boshlig‘i Oybek Qo‘ldoshev o‘z intervyusida xonadon egalari haqiqatan ham gazdan noto‘g‘ri foydalangani haqida gapirdi. Qo‘ldoshevning aytishicha, 2022 yilning dekabr oyida tuman aholisi, xususan, Madrasa mahallasi aholisi bilan ham suhbatlashilgan. Qo‘lbola pechlardan foydalanmaslik, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda tabiiy gazdan foydalanish to‘g‘risida ogohlantirilgan. Biroq ushbu noxush holat sodir bo‘lganidan so‘ng, o‘sha xonadon borib o‘rganilganda me’yorga to‘g‘ri kelmaydigan garilkalar hamda rezina shlanglardan foydalanilgani aniqlangan.
Qo‘ldoshev falokat sodir bo‘lgan kunda tabiiy gazdan hech qanday uzilishlar bo‘lmagani, ogohlantirishsiz o‘chirib-yoqish holati bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari vaziyatga izoh berishdan o‘zlarini olib qochdi.
Umuman, ushbu voqea sodir bo‘lganidan buyon Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yoki bo‘limi hech qanday ma’lumot bergani yo‘q. Shu sababli Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ilhom Boqiyev bilan telefon orqali bog‘landik. U biz bilan suhbatda voqea garchi 17 mart kuni sodir bo‘lgan bo‘lsada, viloyatga shu vaqtga qadar hech qanday ma’lumot berilmaganini ma’lum qildi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Ilhom Amanov bilan ular ham bog‘lana olishmayotganini, viloyat mas’ulining o‘zi ham holatni ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olganini aytib o‘tdi.
Ochig‘ini aytish kerak, bir oilaning to‘rt vakili nobud bo‘lgan ushbu holatda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga ma’lumot berilmagani, keyinchalik ham holat izohlanmagani, aksincha, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yopilib olingani butunlay tushunarsiz holat. Ushbu vaziyatga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha izoh bersa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Isomiddin Po‘latov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

12:20 / 03.07.2025
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

10:13 / 02.07.2025