Agentlik press-reliziga köra, «Özbekinvest» Özbekistonda moliyaviy barqarorlik böyiça «Ba1» darajasidagi reytingga ega bölgan yagona moliya instituti hisoblanadi.

Moody’s Ratings ma’lum qilişiça, kompaniyaga berilgan moliyaviy barqarorlik reytingi (Insurance Financial Strength Rating – IFSR) uning Özbekiston suğurta bozoridagi mustahkam mavqeyi, yuqori kapital zaxirasi hamda aktivlarining yuqori sifatiga asoslangan.

Şuningdek, agentlik tahlilçilari kompaniyaning yuqori sifatli yirik investitsiya portfeli va xalqaro qayta suğurta faoliyatidan olinayotgan suğurta mukofotlari uluşining yuqoriligini ham alohida qayd etdi.

Kompaniyaning xalqaro reytingi «Ba1» darajasiga kötarilgani uning yuqori kreditga layoqatliligini tasdiqlaydi. Bu, şuningdek, anderrayting va investitsiya faoliyatida erişilgan yuqori natijalar bilan ham mustahkamlangan:

Global iştirok: qayta suğurta operatsiyalari geografiyasi 135 ta davlatni qamrab olgan bölib, xorijdan olingan daromadlar kompaniyaning jami suğurta tuşumlarining 50 foizini yoki 32,5 mln AQŞ dollarini taşkil etdi.

Eksportni qöllab-quvvatlaş: milliy eksportçilarga taqdim etilgan suğurta himoyasi hajmi 2,3 mlrd dollarga yetdi va mamlakatning jami xomaşyo bölmagan eksportining 41 foizini qamrab oldi.

Biznes rivojlanişi: yalpi suğurta mukofotlari yiğimi ötgan yilning şu davriga nisbatan 132 foizga oşdi. Şu bilan birga, sönggi 9 yilda suğurta mukofotlarining umumiy hajmi 41 mlrd sömdan 935 mlrd sömgaça, ya’ni 22 barobardan ziyod ösdi.

Korporativ portfel: korporativ segmentda 398 mlrd söm suğurta mukofotlari yiğildi, şundan 42 mlrd sömi investitsiya loyihalarini suğurtalaş hissasiga töğri keladi.

Bozordagi mavqeyi: kompaniya majburiy suğurta bozorida 20 foizlik uluş bilan yetakçilik maqomini saqlab qolmoqda. Jismoniy şaxslar segmentida suğurta mukofotlari sönggi 9 yilda 4,9 mlrd sömdan 140 mlrd sömgaça, ya’ni 29 barobarga oşdi. Kompaniya mijozlari soni esa 2017 yildagi 70 ming nafardan 2026 yilda 1,1 million nafargaça, ya’ni 15 barobarga köpaydi.

«Özbekinvest» kompaniyasining xalqaro reytingi «Ba1» darajasiga kötarilgani uning xalqaro faoliyati izçil kengayib borayotgani, biznesi barqaror sur’atlarda rivojlanayotgani hamda xalqaro va mahalliy mijozlar hamda hamkorlar uçun işonçli şerik sifatida öz mavqeini yanada mustahkamlayotganini tasdiqlaydi.