Ukraina dronlari 24 iyulga ötar keçasi Wildberries marketpleysi omborlari böylab zarba berişni davom ettirdi. Kompaniya xabariga köra, kompaniyaning Şuşarax (Peterburg) va «Utkina zavod» (Leningrad oblasti) sanoat zonasidagi logistika komplekslari faoliyati töxtatilgan.
Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ukrain dronlari Moskva şossesidagi fuqarolik infratuzilma ob’yektlari böylab hujum qilgani, u yerda hujum oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilayotgani haqida aytgan. Lekin bu qaysi ob’yektlar ekaniga aniqlik kiritmagan. Wildberries’ning Şuşaraxdagi ombori ham aynan Moskva şossesida joylaşgan. Beglovning xabarida jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.

Leningrad oblasti gubernatori Aleksandr Drozdenko esa Wildberries’ning Novosaratovka qişloğidagi («Utkina zavod» sanoat zonasi şu yerda joylaşgan) omboriga ukrainlar droni kelib urilganini töğridan töğri tasdiqlagan. Hujum oqibatida uç kişi jarohat olgan.

Foto: «Bumaga»
Şuningdek, Leningrad oblasti Kirov rayonidagi Sinyavino posyolkasida «Severnaya» parrandaçilik fabrikasi omboriga dron zarbasi berilgan. Bu yerda jarohat olganlar yöq.
Astra naşri guvohlarning foto va videolariga tayanib, «Utkina zavod» sanoat zonasi hududida kamida uçta binoda yonğin çiqqanini xabar qilgan. Ulardan biri – Wildberries omboridir. Unga qöşni bölgan ombor kimniki ekani ma’lum emas. Yonib ketgan yana bir binoda esa «Stroitelnyy torgovyy dom „Petroviç“» kompaniyasining taqsimlaş markazi joylaşgandi.


Bundan taşqari, Wildberries’dagilar tunda kompaniyaning Simferopoldagi (anneksiya qilingan Qrimda) saralaş markazida «xavfsizlik nuqtayi nazaridan xodimlar evakuatsiya qilingani» haqida xabar qilgan. Ukrainlarning Exilenova+ monitoring telegram-kanali esa uşbu omborda ukrainlar droni zarbasidan keyin kuçli yonğin çiqqani aks etgan videoni joylaştirgan.













