Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun 18,8 trillion yuan sarmoya kiritgan. Bu 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganidan beri biror besh yillik davrda amalga oshirilgan eng katta investitsiya va transport tarmog‘ining eng jadal kengayishi hisoblanadi.
Bugungi kunda Xitoy milliy transport tarmog‘ining umumiy uzunligi 6 million kilometrdan oshgan. Rasmiylar ta’kidlashicha, endilikda asosiy e’tibor yangi yo‘llar qurishdan ko‘ra, transport tizimining o‘zaro bog‘liqligi, samaradorligi va barqarorligini oshirishga qaratiladi.
Temiryo‘l, avtomobil yo‘llari va aeroportlar soni bo‘yicha yetakchi
Xitoy hukumati baholashicha, mamlakat transport infratuzilmasi ko‘lami bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turibdi.
Jumladan, mamlakatda yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘llar uzunligi 50 ming kilometrdan oshgan. Tezyurar avtomobil yo‘llari tarmog‘i esa 199 ming kilometrga yetgan.
Shuningdek, Xitoyda 270 ta transport aeroporti faoliyat yuritmoqda. Mamlakat aholining eng katta qismini qamrab olgan dunyodagi eng yirik yetkazib berish (logistika) tarmog‘ini ham shakllantirgan.
Yo‘lovchilar va yuk tashish hajmi ham keskin oshdi
Syuy Chenguanning ta’kidlashicha, transport xizmatlari ham aholi uchun ancha qulay va samarali bo‘lgan.
So‘nggi besh yilda yuqori tezlikdagi temiryo‘llarda yo‘lovchilar oqimi 132 foizga, fuqaro aviatsiyasidagi tashuvlar esa 84,2 foizga o‘sgan.
Bugungi kunda dunyodagi dengiz orqali yuk tashish va konteyner aylanmasining qariyb uchdan bir qismi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, mamlakat ekspress-pochta jo‘natmalari soni bo‘yicha ketma-ket 12 yildan buyon dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Yangi besh yillik rejada yana yirik loyihalar amalga oshiriladi
2026–2030 yillarni o‘z ichiga olgan 15-besh yillik dastur doirasida Xitoy Transport vazirligi zamonaviy transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Ustuvor vazifalar qatoriga yuqori tezlikdagi temiryo‘l magistrallari va tezyurar avtomobil yo‘llari qurilishini yakunlash, ichki suv yo‘llarini modernizatsiya qilish hamda jahon darajasidagi port va aviatsiya klasterlarini tashkil etish kiritilgan.
Xitoy dunyodagi eng yirik transport tarmog‘ini yaratdi
09:157633 min
Xitoy hukumati 2021–2025 yillarni qamrab olgan 14-besh yillik dastur doirasida mamlakat tarixidagi emas, balki dunyodagi eng yirik transport infratuzilmasini shakllantirganini ma’lum qildi. Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xitoy transport vaziri o‘rinbosari Syuy Chenguan ma’lum qildi.











