Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevrokomissiyadan Moldovaga yozgaça qöllab-quvvatlaş paketini taqdim etişni söradi, dedi 28 mart, seşanba kuni Kişinyovga rasmiy taşrifi çoğida YeI kengaşi rahbari Şarl Mişel. U makromoliyaviy yordam paketi «katta va salmoqli» bölişini va’da qildi.

Bundan taşqari, Mişel YeI Kengaşi 2023 yil oxirigaça Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga qöşiliş muzokaralarini boşlaş böyiça qaror qabul qilişi kerakligini aytdi. «Bu Yevropa Komissiyasi tayyorlaydigan hisobotni inobatga olgan holda siyosiy qaror böladi va yil oxirigaça ijobiy qaror qabul qilinişiga çin dildan umid qilaman», — dedi u. YeIga kiriş yölidagi taraqqiyot Moldova xalqi uçun «aniq va ijobiy natijalar» beradi, deb işontirdi YeI Kengaşi prezidenti.

U, şuningdek, Yevropa Ittifoqining Moldova xalqi bilan birdamligini ta’kidladi va 2022 yilda Bryussel Moldova barqarorligini, ayniqsa energetika sohasida qöllab-quvvatlaş uçun bir milliard yevrodan ortiq mablağni safarbar qilganini eslatdi. «Biz köproq narsani qilişga tayyormiz», deb qöşimça qildi Mişel.

«Siz borgan sari köproq duşman rus razvedkasi nişoniga aylanyapsiz. Sönggi oylarda Rossiya va uning işonçli vakillari energiya, kiberhujumlar, norozilik namoyişlari va boşqa qöporuvçilik harakatlari yordamida mamlakatingizni beqarorlaştirişga köproq urinmoqda. Biz mamlakatingizni beqarorlaştirişga qaratilgan bu urinişlarni keskin qoralaymiz», dedi Yevroittifoq Kengaşi rahbari.