Unda avtomobilsozlik sanoati xodimlari, tadbirkorlar, harbiylar, sportçilar va yoşlar iştirok etdi. Tadbirda sözga çiqqan jamoat faollari xalqimizni 2023 yil 30 aprelda ötkaziladigan referendumga befarq bölmaslikka çaqirdi.
Tadbirda sözga çiqqan taniqli tadbirkor Xurşid Törayev faoliyatini 23 kişidan boşlab töqqiz yil içida uç ming nafarga yetkazgani haqida gapirdi.
– 2014 yilda sellofan işlab çiqarişni yölga qöyganimda, xodimlarimiz 23 nafarni taşkil etardi. Imkoniyatlardan foydalanib, quriliş korxonasi faoliyatini yölga qöydim. Xorijiy investorlarni jalb qildik. Mamlakatimizning turli hududlarida yangi binolar quryapmiz. Yurtimiz ravnaqi, tadbirkorlik rivoji, işçi xodimlar va farzandlarimiz taqdiriga befarq bölmagan holda 3 ming kişilik jamoamiz va oila a’zolarim bilan birga referendumda faol iştirok etamiz.
Tarğibot tadbirida şuningdek, sport, madaniyat, iqtisodiyot yönalişlarida yuqori natijalarga erişgan insonlar öz qaraşlari, yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida gapirdilar. Konstitutsiya aholining barça qatlamiga birdek tegişli bölib, bir qator böşliqlar töldirilayotganiga misollar keltirildi.
Yoşlar turli sohalarda yuqori natijalarga erişgan insonlar bilan suhbatlaşdilar, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Taniqli san’atkorlar iştirokida galakonsert ham ötkazildi.
Şu mazmundagi uçraşuvlar, tarğibot tadbirlari viloyatning barça hududlarida bölib ötmoqda.











