Mart oyi tugadi. Ötgan yilning mart oyi anomal nam bölgan edi, bu yilning mart oyi esa nisbatan quruq böldi, deb yozmoqda “Özgidromet”.
Özbekistonda aprel oyida yoğingarçilikning sezilarli miqdori yoğadi, aprel yilning eng nam oylaridan biridir. Respublika şimolida, çekka janubida va çöl hududlarida oy uçun örtaça yomğirli kunlar soni 5 kundan 8 kungaça, toğlarga yaqin joylarda yoğingarçilik 9-13 kungaça kuzatiladi.
Bu yil aprel oyida örtaça havo harorati me’yor atrofida, ba’zi joylarda örtaça yillik qiymatlardan biroz köp böladi. Aprel oyida yoğingarçilik kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bölişi kutilmoqda.
Oy quruq va iliq ob-havo bilan boşlanadi. 1 aprel kuni Özbekistonning barça hududlari böyiça havo kam bulutli böladi, kunduzgi harorat mart oyining oxirgi kunlari kabi +22...+27 daraja atrofida, ya’ni me’yordan +5...+8 darajaga yuqori böladi.
2-7 aprel kunlari respublika böyiça beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda, ba’zi joylarda şamol şiddatli kuçayişi bilan qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomğir yoğadi. Kunduzgi havo harorati yomğir paytida +5...+7 darajaga pasayadi. Aprel oyining birinçi ön kunligi oxirida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda va havo harorati yana kötarila boşlaydi.
“Özgidromet” dastlabki prognoziga köra, aprel oyining ikkinçi va uçinçi ön kunligida harorat keçalari +7...+12 darajadan +12...+17 darajagaça, kunduz kunlari +20...+25 darajadan +27...+32 darajagaça özgarib turişi kutilmoqda.












