Germaniya va Italiya hukumati Meksikaga Kolumbgaça bölgan sivilizatsiyalarga oid 80 dan ortiq noyob artefaktlarni qaytarib berdi, deb xabar qildi dpa axborot agentligi. Madaniy boyliklarning vatanga qaytarilişi muvaffaqiyatli hamkorlikning belgisi edi, dedi Meksika madaniyat vaziri Alexandra Frausto. 40 ta eksponat Germaniyadan samolyotda keltirildi, jumladan olmeklar davridagi inson boşi şaklidagi ulkan bazalt haykal ham, uning yoşi uç ming yildan ortiqdir.
Artefaktlar Mexiko şahridagi Templo Mayor oçiq osmon ostidagi noyob muzey majmuasida - 1522 yilda ispan konkistadorlari tomonidan vayron qilingan atsteklarning sobiq asosiy ibodatxonasida namoyiş etiladi.
Mexiko şahridagi prezident qarorgohi, Milliy saroyda (Palacio Nacional) Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador hamda Germaniya va Italiya hukumatlari vakillari iştirokida topşiriş marosimi bölib ötdi.
2018 yildan beri 11 mingdan ortiq aşyolar mamlakatga qaytarilgan, ular musodara qilingan yoki egalari tomonidan ixtiyoriy ravişda berilgan, dedi Meksika madaniyat vaziri. Frausto 3 aprel kuni Parijda Kolumbgaça bölgan sivilizatsiyalarga oid 83 ta artefaktning auksionini bekor qilişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, bu madaniy qadriyatlar, xuddi içki bezak buyumlari kabi sotuvga qöyilgan. Meksikaning özida 80 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatdan madaniy boyliklarni olib çiqiş taqiqlangan.








