Özbekiston Fanlar akademiyasi Antropologiya instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bölimining Arxeologiya va etnografiya instituti mutaxassislaridan iborat qöşma ekspeditsiya Toşkent viloyati Böstonliq tumanida joylaşgan Arkutsoy paleolit yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib bormoqda.

Yodgorlikni maqsadli arxeologik örganiş 2024-yilda boşlangan. Özbekiston va Rossiya ilmiy muassasalari hamkorligidagi dala tadqiqotlari uç yildan buyon davom etmoqda. Ayni paytda arxeologik qazişma va kuzatuv işlari yodgorlikning uçta alohida maydonida olib borilyapti.

Tadqiqotlardan asosiy maqsad geologik qatlamlardan topilayotgan toş buyumlarning stratigrafik örni, yoşi va arxeologik kontekstini aniqlaş, şuningdek, qadimgi insonlar uşbu hududni qaysi bosqiçlarda özlaştirganini tiklaşdan iborat.

Avvalgi geologik tadqiqotlarda kesmaning taxminan 20 va 40 metr çuqurlikdagi qatlamlaridan ayrim toş artefaktlar topilgan. Biroq ularning aniq stratigrafik holati va arxeologik konteksti yetarliça hujjatlaştirilmagani sababli topilmalarni muayyan davrga işonçli boğlaş imkoni bölmagan.

Yangi arxeologik tadqiqotlar esa Arkutsoy geologik kesmasining turli sathlarida toş artefaktlar mavjudligini tasdiqladi. Xususan, birinçi, ikkinçi va uçinçi qadimgi qazilma tuproq qatlamlaridan inson tomonidan işlov berilgan toş buyumlar aniqlangan.

Olimlarning qayd etişiça, artefaktlarning turli davrlarga mansub qatlamlarda uçraşi qadimgi inson jamoalari Arkutsoy hududini bir marta emas, balki bir neça bosqiçda özlaştirganini körsatadi.

Ayniqsa, uçinçi qadimgi qazilma tuproq qatlamidan topilgan toş artefaktlar muhim ilmiy ahamiyatga ega. Dastlabki geologik va paleoiqlimiy taqqoslaşlarga köra, mazkur qatlam taxminan 320–280 ming yil avval şakllangan.

Agar bu sanalar mustaqil laboratoriya tahlillari orqali tasdiqlansa, topilmalar Toşkent vohasi va umuman Özbekiston hududi qadimgi inson jamoalari tomonidan ilk paleolitning sönggi bosqiçlaridayoq özlaştirilganini körsatişi mumkin.

Yangi topilmalar qadimgi insonlarning Markaziy Osiyo böylab tarqaliş yöllarini aniqlaş, ularning özgaruvçan tabiiy va iqlim şaroitlariga qanday moslaşganini örganiş uçun ham muhim ahamiyatga ega.

Fanlar akademiyasiga köra, hozirgi tadqiqot natijalari Arkutsoyni Özbekistondagi eng qadimgi paleolit yodgorliklaridan biri sifatida baholaş uçun jiddiy ilmiy asos yaratmoqda.