Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan Bolalar masalalari böyiça milliy komissiya hamraisi 2022 yilda amalga oşirilgan faoliyati yuzasidan axborot berdi. 

Qayd etilişiça, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topişiga kömaklaşiş yuzasidan muayyan işlar amalga oşirilgan. 

Jumladan, milliy komissiya va hududiy komissiyalar tomonidan 5497 ta muhokama ötkazilib, ularda bolalarning huquqlarini himoyalaş böyiça 12 422 ta iş körib çiqilgan. 

Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmagani uçun 5227 ota-ona ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2054 nafar bolaga hamda 1306 ota-onaga yakka tartibda profilaktik iş olib borilişi belgilangan. 

Qarovsiz va nazoratsiz qolgan 11162 nafar bola oilalar va bolalar muassasalariga joylaştirilgan. 

Ota-onalik huquqini suiiste’mol qilgani, bolalarni tarbiyalaşdan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilişdan boş tortgani uçun 652 nafar bolaning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini kamsituvçi 29 ta holat yuzasidan tegişli nazorat örnatilgan. 

Öz vaqtida tuğilganlik guvohnomasini olmagan 412 nafar bolaga guvohnoma berilgan. Bundan taşqari, 528 nafar bola guvohnoma olmagani aniqlanib, bu borada tegişli çoralar körilmoqda. 

«Mehribonlik» uylari, Bolalar şaharçasi va «SOS» bolalar mahallalari uyuşmasi qaramoğidagi yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar oilalarga, yaqin qarindoşlari tarbiyasiga ötkaziş natijasida 13 ta mehribonlik uyiga, 4 ta bolalar şaharçasi va 4 ta bolalar uyiga ehtiyoj qolmagani uçun ularning faoliyati tugatilgan. 

Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun 2022 yilda 397 ta uy-joy xarid qilingan. Şu maqsadda Davlat budjetidan 57 mlrd söm mablağ yönaltirilgan. 

Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning orzu-istaklarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş böyiça «Mehr daftari» tizimi yölga qöyilib, «Mehr daftari» jamğarmasiga 86,1 mlrd söm mablağ ajratilgan.