Amerikalik olimlar 12 yoşiga kelib smartfonli bölgan bolalar ovqatlanişda buzilişlarga köproq duç kelişini aniqladi. Tadqiqot natijalari JAMA Network Open jurnalida çop etildi.
Gadjetlarning taʼsirini baholaş uçun mualliflar amerikalik maktab öquvçilarining kognitiv rivojlanişiga oid keng kölamli loyiha maʼlumotlarini tahlil qildi.
Maʼlum bölişiça, iştirokçilarning 70 foizi - 6200 nafardan ortiq ösmir - 12 yoşidayoq smartfonga ega bölgan. Ular orasida eng köp uçraydigan simptom meyordan ortiq ovqatlaniş böldi (9%). 14 yoşga kelib, smartfon egalarining qariyb 24 foizi, bu yoşda telefoni bölmaganlarning esa 16 foizi heç bölmaganda bitta simptom borligini maʼlum qilgan.
Tadqiqotçilar buning asosiy sababi sifatida ijtimoiy tarmoqlarni körsatmoqda. 12 yoşli gadjet egalari öz-özini baholaşni tana vazniga ikki baravar köproq boğlagan va orttirilgan vaznni sport yoki ataylab qusiş kabi zararli usullar bilan yöqotişga 50 foiz köproq harakat qilişgan.
«Özingizni rasmlari sinçkovlik bilan tanlanadigan, tahrirlanadigan va filtrlardan ötkaziladigan inflyuyenserlar bilan taqqoslaganingizda, bu öz tanangizdan qoniqmaslikning ortişiga va öz-özingizga past baho berişga olib kelişi mumkin, bu esa ovqatlaniş buzilişlarining rivojlanişida xavf omiliga aylanişi mumkin», - dedi tadqiqot muallifi Jeyson Nagata.
Garçi avvalroq ekran qarşisidagi har bir qöşimça soat ösmirlar uçun xavflarni oşirişi haqida xabar berilgan bölsa-da, uşbu tadqiqot aynan qurilmaning qaysi yoşda paydo bölişi jiddiy ahamiyatga ega ekanini aniqlaydi.
Mutaxassislarning fikriça, hatto kiçik tanaffus ham bolaning ruhiyatini himoya qilişga yordam beradi. Tadqiqotda iştirok etmagan Şimoliy Karolina universiteti (AQŞ) psixologiya va neyrobiologiya professori Mitç Prinşteyn CNN telekanaliga bergan intervyusida telefon sotib olişni heç bölmaganda yarim yil yoki bir yilga keçiktiriş ham xavflarni kamaytirişi mumkinligini taʼkidladi.








