Xorazm viloyatida bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat böyiça sud hukmi va apellyatsiya instansiyasi ajrimlarining qonuniyligi örganib çiqilgan, deya ma’lum qildi Özbekiston Boş prokuraturasi.

Bayon qilinişiça, A.Maşaripov va A.Kuryazovlarga yengil jazo tayinlangan va boşqa holatlar yuzasidan Oliy sudning kassatsiya instansiyasiga 29 mart kuni protest keltirilgan.

Ayni holatda, ikki mahkama bayonotlari örtasida ziddiyat bor. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov iş yuzasidan 1 aprel holatiga kassatsiya tartibida protest yoki şikoyat kelib tuşmaganini bildirgandi.

Boş prokuratura axborotida jinoyat işini sudda körib çiqişda davlat ayblovçisi sifatida qatnaşgan prokuror ayblanuvçilarga qanaqa jazo berişni söragani oçiqlanmagan.

Eslatib ötamiz, bu mudhiş jinoyatni jamoatçilikka “Sukut saqlama” loyihasi oşkor qildi. Ma’lum bölişiça, Xorazm viloyatida kamida ikki mansabdor – viloyat adliya boşqarmasi boşliği Oybek Maşaripov (1979 y.t.) va tuman FVB rahbari Anvar Quryazov (1984 y.t.) oilaviy mehribonlik uyidagi 15-17 yoşli qizlar bilan jinsiy aloqa qilib kelgan. Bu işga qizlarni 10 oy davomida mehribonlik uyi mudirasi majburlab kelgan. Mudira 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bölsa, ikki mansabdorga 1,5 yillik ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

Bu jazoni avvaliga Xiva tumani sudi 2022 yil 6 sentabrda tayinlagan. Uç nafar ayblanuvçi bergan şikoyatni körib çiqqan Xorazm viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi 27 dekabrdagi ajrimi bilan birlamçi hukmni özgarişsiz qoldirgan.

Avvalroq Kun.uz yengil jazo tayinlangani holati böyiça sudga şikoyat qiliş vakolati bolalar ombudsmanida ham borligi, lekin u bu vakolatidan foydalanmaganiga e’tibor qaratgandi. Bola huquqlari böyiça vakil bu işni örganişni endi boşlagan.

Holat ma’lum bölib, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani rezonansga sabab bölgaç, 1 aprel kuni Prezident administratsiyasi şu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Boş prokuraturadan holatni sinçiklab örganib, huquqiy baho berişni söragandi.