Ispaniyaning “Maksam” kompaniyasi Özbekiston tomoni bilan nizoni hal qiliş uçun Londondagi xalqaro arbitrajga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
“Eurasianet” xabariga köra, kelişmovçilik “Maksam” kompaniyasi va “Özkimyosanoat” davlat kompaniyasi 49/51 nisbatda egalik qiladigan “Maksam-Çirçiq” kimyo korxonasiga oid.
Qayd etilişiça, “Maksam” Özbekiston hukumatini örtadagi şartnoma şartlarini doimiy ravişda buziş ayblovlari ortidan yetkazilgan zararni undiriş uçun da’vo qilayotgan bölişi mumkin. “Maksam” kompaniyasining matbuot kotibi gap aynan nima haqida ketayotganini naşrga oçiqlamagan.
“Maksam” Özbekiston hukumati bilan muzokaralar orqali murosaga kelişdan umidvor edi, çunki mamlakatga kattagina sarmoya kiritgandi. Lekin vaziyat şunday darajaga keldiki, ular muammolarini muloqot va muzokaralar yöli bilan hal qila olmadi. Xalqaro arbitraj sudiga da’vo arizasini beriş ularning oxirgi çorasidir”, – degan nizoli holatdan xabardor manba.
Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida “Özkimyosanoat” AJ matbuot kotibi Rustambek Eşbekovga boğlandi. U kompaniya mazkur vaziyatdan xabardorligini va bu masala yuzasidan aniq, asoslangan ma’lumotlar tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
“Bu yuridik jihatdan aniq asoslanişi lozim bölgan xalqaro darajadagi masala. Şuning uçun biroz vaqt talab qiladi”, – dedi “Özkimyosanoat” rasmiy vakili.
“Maksam-Çirçiq” haqida
2007 yilda Çirçiq azotli öğitlar zavodining 49 foiz uluşi Ispaniyaning “Maksam” kompaniyasiga ötgan. Şundan keyin “Özkimyosanoat” va “Maksam”ga tegişli “Maksam-Çirçiq” aksiyadorlik jamiyati taşkil etilgan.
Hozirda “Maksam Çirçiq” AJning 51 foiz uluşi “Özkimyosanoat” AJ davlat kompaniyasi, 49 foizi esa Ispaniyaning “Maxamcorp International S.L” kompaniyasiga qaraşli.
“Maksam-Çirçiq” AJ – 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar işlab çiqaruvçi Özbekiston kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan biridir. U “A” markali karbamid işlab çiqariş böyiça mamlakatdagi tabiiy monopolist hisoblanadi.
“Maksam” kompaniyasi haqida
“Maksam” kompaniyasi tarixi Nobel mukofori asosçisi Alfred Nobel 1872 yilda Ispaniyada dinamit kukunlarini işlab çiqaruvçi “Sociedad Anónima Española de la Pólvora Dinamítica” kompaniyaga asos solgan vaqtdan boşlangan. Keyinçalik uning egalari va tuzilmasi özgargan.
Kompaniya kimyoviy energetika materiallari (portlovçi moddalar va boşqalar) işlab çiqarişga ixtisoslaşgan va toğ-kon sanoati, quriliş muhandisligi va qurol-yaroğlar böyiça dunyo yetakçilaridan biri hisoblanadi. “Maksam” dunyoning 40 dan ziyod davlatlarida faoliyat yuritadi.
Ispan naşrlarining yozişiça, “Maksam” boş ofisi Madridda joylaşgan, ammo 2020 yildan beri AQŞning “Rhone Capital” fondiga tegişli.
2022 yil aprel oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Maksam” va yana ikki ispan kompaniyasini hamon Rossiyadan çiqib ketmagani uçun tanqid qilgandi. Şundan keyin kompaniya OAV e’tiboriga tuşgan. Kompaniya Rossiyada zavodlarni oçiq saqlaş majburiyatiga böysungani uçun qolganini tuşuntirgan.












