17 iyun kuni beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumining oçiliş marosimi ötkazildi. Unda prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi. Bundan qaşqari, yalpi sessiyada Albaniya prezidenti, boş vazir va vazirlar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari va siyosatçilar qatnaşdi. Investorlarni “siz” deyişga tayyormiz, dedi Mirziyoyev öz çiqişida.
Forumda bu yili 4 mingdan ortiq delegatlar qatnaşmoqda. Prezidentga köra, sönggi yillarda Özbekistonga 150 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilingan, şundan 123 milliardi oxirgi 5 yilga töğri kelmoqda.
Yalpi sessiyada şuningdek, forum uçun kelgan xorijiy davlat prezident va hukumat rahbarlari ham çiqiş qildi. Masalan, sözga çiqqan Albaniya prezidenti Özbekistondan köproq turistlarni davlatiga taklif etdi.
“Sönggi 10 yilda Albaniya iqtisodi rivojlandi, infratuzilma va aholi hayoti yaxşi tomonga özgardi. Şu örinda aytmoqçiman, Albaniya bugun xorijiy investorlarga öz investitsiyasiga 100% egalik huquqini beruvçi huquqiy asoslarga ega davlat. Jiddiy transformatsion bir davrda investitsiyaviy şeriklikni kengaytiriş kerak, deb bilaman”, deydi Albaniya prezidenti.
Rossiya boş vaziriga köra, oxirgi yillarda Özbekiston bilan Rossiyaning tovar aylanmasi 12,5 foizga ösgan.
“Bugungi kunda Özbekiston bozorida 3 mingdan ortiq rus kompaniyalari faoliyat körsatmoqda. 150 ga yaqin investitsiya loyihalariga egamiz, bu kamida 4 trln dollar degani. Istiqbolli yönalişlarimiz ança, masalan Samarqanddan Sankt-Peterburggaça bölgan turistik yönalişni işlab çiqdik. Rossiya işbilarmonlarini yanayam Özbekistonda faol bölişga çaqiraman”, dedi Mixail Mişustin.
Ozarboyjon boş vaziri ham global bozorlardagi özgarişlar sabab investitsiyaviy yaqinlikni kengaytirişni gapirdi.
Belarus boş vaziriga köra esa, Minsk Toşkentga sanoat şerikligini taklif qilmoqda.
“Belarus Özbekistonga investitsiya kiritiş böyiça MDH regionida 2-örinda turibdi. Biz bu davlatga öz takliflarimizni berganmiz, ulardan biri sanoat şerikligi. Bizning qişloq xöjaligi texnikalarimiz, ayniqsa traktorlar allaqaçon Özbekistonda işlab çiqarilmoqda”, dedi Belarus boş vaziri.










