Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi "Ğiştköprik" bojxona postida tirbandliklar kuzatilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston-Qozoğiston davlat çegarasida Özbekistonning “Ğiştköprik”, “S.Najimov” va “Navoiy”, Qozoğistonning “Kazygurt”, “Atameken” va “Qoplonbek” çegara bojxona postlarida quriliş-bunyodkorlik va modernizatsiya işlari amalga oşirilmoqda.
2022 yil 1 dekabrdan “Navoiy” (Özbekiston) – “Qoplonbek” (Qozoğiston) çegara bojxona postlarida yuk va yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati, 2023 yil 15 fevraldan Qozoğistonga çiqiş yönalişida “S.Najimov” (Özbekiston) – “Kazygurt” (Qozoğiston), “Sirdaryo” (Özbekiston) – “Atamaken” (Qozoğiston) ötkaziş punktlarida yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati vaqtinça çeklangan.
“Natijada, aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovçilari "Ğiştköprik" çegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda”, deyiladi qömita xabarida.
Ma’lum qilinişiça, hozirda mazkur yönalişda “Yallama” (Özbekiston) – “B.Konysbayev” (Qozoğiston) çegara bojxona posti tun-u kun faoliyat körsatmoqda.
“Malik” (Özbekiston) – “Sirdaryo” (Qozoğiston), “Oqoltin” (Özbekiston) – “Tselinnyy” (Qozoğiston) çegara ötkaziş punktlari orqali kunning yoruğ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlaniş mumkin.
"Ğiştköprik" (Özbekiston) – “Jibek Yöli” (Qozoğiston) çegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanişi tavsiya qilingan.











