Prezident administratsiyasi Ijro etuvçi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatida mansabdor şaxslar tomonidan jinsiy zöravonlikka uçragan, Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan, voyaga yetmagan qizlar himoyaga olingani haqida xabar berdi.
«Bugun biz Xorazmdagi bolalar uyining uç nafar jabrlangan qizlariga xavfsizlik ta’minlanişiga erişdik», deb yozdi u.
Şuningdek, Saida Mirziyoyeva qonunlarni qat’iylaştiriş va zöravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratiş vaqti kelganini ta’kidladi.
«Ularning xavfsizligi, ruhiy va jismoniy tiklanişi hozirda ustuvor masala. Şu bilan bir vaqtda bu kabi vaziyatlarda harakat qiliş va, eng asosiysi, ularning oldini oliş tizimini yaratiş ustida işlaşimiz kerak. Qonunlarni qat’iylaştiriş va zöravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratiş vaqti keldi. Barça darajalarda.
Bu vaziyatda menga umid bağişlaydigan birdan-bir jihat borki, u ham bölsa oşkoralik va fuqarolik jamiyatining ovozi. Ehtimol, busiz atrofda bölayotgan voqelardan ojizlarça bexabar bölib qolardik».
Saida Mirziyoyeva sözlariga köra, hozirgi vaqtda bunday zöravonlikka qarşi kuraşiş uçun real resurslar paydo bölgan.
«Zöravonlik doim bölgan, lekin aynan hozir oçiqlik tufayli uşbu hodisa haqida baland ovoz bilan gapiryapmiz va bunga qarşi kuraşiş uçun real resurslarimiz paydo böldi.
Özbekiston söz va media erkinligi borasida zimmasiga olgan majburiyatlari, bu jarayon barça uçun juda oğriqli keçayotgan bölsa-da, öz mevasini bermoqda. Tizim bir kunda barpo etilib qolmaydi, bu uzoq yöl va manfaatlar kuraşidir. Va bugun muammolarni erkin kötarayotgan ovoz har qaçongidan ham baland yangramoqda».
Saida Mirziyoyeva bu holat yuzasidan fuqarolik pozitsiyasini bildirgan barça OAV va faollarga minnatdorlik bildirdi.
«Amalda işlaydigan odil sudlov tizimini yaratiş yölida birlaşsak, kuç bölamiz!», deb yakunladi u.
Avvalroq, Xorazmda viloyat Adliya boşqarmasi boşliği va tuman FVB rahbari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgani, 15-17 yoşlardagi himoyasiz qizlarni bu işga Mehribonlik uyi mudirasi majburlagani, mudira 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, ikki mansabdorning ozodligi bir yarim yilga çeklangan haqida








