Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda öz bolasini sotiş holatlariga çek qöyildi.
Jumladan, Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida tuğilgan 36 yoşli ayol şu yilning 3 fevral kuni tuğilgan öğil farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtda qölga olingan.
Şuningdek, Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanida yaşovçi ayol şu yilning 3 fevral kuni tuğilgan qiz farzandini Toşkent şahrida 20 ming dollarga sotişga kelişib, uşbu qiymatdan 11,5 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Uşbu modda bilan aybdor deb topilganlar 8 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.












