“Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, iste’molçilar hayoti yoki soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq qilmiş uçun javobgarlik kuçaytiriladi.
Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq qilmiş uçun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib çiqib örnatiladi.
Sanitariya qonunçiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uçun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuçaytiriladi.
Özganing tovar belgisidan, xizmat körsatiş belgisidan, geografik körsatkiçidan, tovar kelib çiqqan joy nomidan, adaştirib yuboriş darajasida ular bilan öxşaş bölgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravişda foydalanganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi.
Belgilangan talablar va şartlarning qöpol ravişda buzilişi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qiliş tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oşirişi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi röyxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan şuğullanişiga çeklovlar belgilanadi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegişli qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Iste’molçilar huquqlari himoya qilinişini ta’minlaş, sertifikatlanmagan, saqlaş muddati ötib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni işlab çiqariş holatlari hamda ularning aylanmasiga çek qöyişda jamoatçilik nazorati kuçaytiriladi.
Jumladan: murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda körib çiqiladi; huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslar rağbatlantiriladi.












