Neft jahon iqtisodiyoti uçun muhim strategik resurslardan biri bölib qolmoqda. Dunyodagi neftga bölgan talabning katta qismi sanoqli davlatlar hissasiga töğri keladi.

Jagran Josh tomonidan AQŞ Energetika axboroti boşqarmasi (EIA) statistikasi asosida töplangan ma’lumotlarga köra, 2025 yilda AQŞ dunyoda eng köp neft iste’mol qilgan davlat bölgan.

Mamlakatda kunlik neft iste’moli 20,01 million barrelni taşkil etgan. Yillik hisobda bu qariyb 7,3 milliard barrelga teng.

Ikkinçi örinni Xitoy egallagan. Mamlakatda kuniga 15,15 million barrel yoki bir yilda taxminan 5,53 milliard barrel neft iste’mol qilingan.

Reytingda uçinçi örinda Hindiston qayd etilgan - mamlakatning kunlik neft iste’moli 5,05 million barrelni taşkil qilgan.

Keyingi örinlar quyidagiça:

- AQŞ - kuniga 20,01 million barrel;

- Xitoy - 15,15 million barrel;

- Hindiston - 5,05 million barrel;

- Rossiya - 3,68 million barrel;

- Saudiya Arabistoni - 3,65 million barrel;

- Yaponiya - 3,38 million barrel;

- Braziliya - 3,03 million barrel;

- Janubiy Koreya - 2,55 million barrel;

- Kanada - 2,41 million barrel;

- Germaniya - 2,18 million barrel.

Uşbu önta mamlakat birgalikda kuniga qariyb 61 million barrel neft iste’mol qiladi. Bu jahondagi umumiy neft iste’molining taxminan 61 foiziga teng.

Xitoyda neft iste’moli keskin oşgan

Dunyoda xom neftning eng yirik importçisi hisoblangan Xitoyda sönggi ön yilliklarda neft iste’moli bir neça barobar köpaygan.

1990 yilda mamlakat kuniga qariyb 2,3 million barrel neft iste’mol qilgan bölsa, 2023 yilga kelib bu körsatkiç taxminan 16,2 million barrelga yetgan.