Özbekistonda yangi işlab çiqarilgan maxsus vagonlar Qozoğistonga yuborildi. Bu haqda «Özbekiston temiryöllari» xabar bermoqda.
Buyurtma böyiça «Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta’mirlaş zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqarilgan 8 dona 61-942 rusumidagi maxsus kontingentlarni taşiş uçun möljallangan yangi maxsus vagonlar MDH davlatlari temiryöllarida foydalaniş uçun möljallangan.
Mazkur vagonlar TR TS 001/2011 texnik reglamentining barça talablariga töliq javob beradi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega. Qozoğiston Milliy gvardiyasi texnik şartlariga asosan «Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta’mirlaş zavodi» rahbariyati boşçiligida hamda yetakçi mutaxassislar normativ hujjatlariga asoslangan loyihalari böyiça işlab çiqarilgan maxsus vagonlar Ostona şahriga yetkazib berildi va buyurtmaçiga topşirildi.
Ta’kidlanişiça, vagonlar dizayni öziga xos bölib, qöşimça zamonaviy jihozlarni öz içiga oladi. Havoni mö’tadillaştiriş tizimi, içimlik suvi va havoni dezinfeksiyalaş uskunasi, ekologik toza biohojatxona, videokuzatuv moslamasi, eşiklar holati töğrisida signal beruvçi qurilma va boşqalar örnatilgan.
Ma’lum qilinişiça, ikki davlat özaro aloqalarini yanada rivojlantiriş maqsadida yangi maxsus vagonlarini işlab çiqariş loyihalari ham körib çiqilyapti.












