Muzokaralar mavzulari orasida Vengriyaga «Turk oqimi» orqali gaz va «Drujba» quvuri orqali neft yetkazib beriş ham bor. Peter Siyyartoning ta’kidlaşiça, kelasi qiş bundan ham qiyin böladi.

Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto 11 aprel, seşanba kuni Moskvaga keldi va u yerda Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak bilan Vengriyaga «Turk oqimi» gaz quvuri orqali gaz va «Drujba» neft quvuri orqali neft yetkazib beriş masalalarini muhokama qildi. Siyyartoning sözlariga köra, kelgusi qiş Yevropa uçun juda issiq bölgan oldingisiga qaraganda jiddiyroq sinov bölişi kutilmoqda. 

«Xalqaro energetika agentligi Xitoy iqtisodiyoti qayta tiklanişi tufayli energiyaga bölgan talabning keskin ortişi va Yevropa energetika infratuzilmasi rivojlanişining öta sekin sur’ati tufayli kelasi qişda haqiqiy qiyinçiliklar paydo bölişidan aniq ogohlantirdi», — dedi Vengriya taşqi işlar vaziri. 

Uning ta’kidlaşiça, «Vengriyaning energiya ta’minoti xavfsizligi gaz, neft va yadro yoqilğisini uzluksiz taşişni talab qiladi».

«Mana şu uç şartni bajariş uçun Vengriya-Rossiya energetika hamkorligi uzluksiz bölişi kerak. Gap siyosiy didda emas, fizikada», deb yozdi Siyyarto özining Facebook sahifasida.