Samaralik jurnalist Sergey Podsitnik 12 aprel, çorşanba kuni Change.org veb-saytida Davlat dumasi va Federatsiya kengaşi tomonidan bir kun avval qabul qilingan, armiyaga elektron çaqiruv qoğozlarini joriy etişni nazarda tutuvçi tuzatişlarni bekor qilişga çaqiruvçi petitsiya joylaştirdi.

«Uşbu özgartirişlar bizning huquqlarimizni buzadi. Fuqaro öz huquqlaridan sud qarorisiz mahrum etilişi mumkin emas. Endi bu huquq harbiy komissarlarga berildi», - deyiladi murojaatnomada. Podsitnik e’tiborni rossiyaliklarga çaqiruv qoğozlarini topşiriş rejalaştirilgan «Gosuslugi» xizmatida bir qator zaifliklar mavjudligiga qaratdi, bundan taşqari, mamlakatning barça aholisi ham uşbu xizmatdagi akkauntlariga kiriş imkoniga ega emas, 30 yoşdan oşgan ruslarning deyarli 30 foizi faol internet foydalanuvçilari hisoblanmaydi.

Qabul qilingan özgartirişlarga köra, agar çaqiriluvçi qoğoz körinişidagi çaqiruv qoğozini olmagan bölsa va «Gosuslugi»dagi öz akkauntiga kirmagan bölsa ham, çaqiruv qoğozi çaqiruv qoğozlari röyxatida paydo bölgan kundan boşlab yetti kun ötgaç topşirilgan deb hisoblanadi. Şunda fuqaroga mamlakatdan çiqiş taqiqlanadi. 20 kundan keyin esa yangi taqiqlar joriy etiladi – harbiy komissarlikka kelmaganlar yakka tartibdagi tadbirkor böliş, köçmas mulkni boşqariş, avtomobil haydaş va kredit oliş imkoniyatidan mahrum etiladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 18 yoşga tölgan maktab bitiruvçilari bilan şartnomalar tuzişi mumkin böladi. Elektron çaqiruv qoğozlarini joriy etiş bilan birga, Davlat dumasi 11 aprel kuni buning uçun mavjud bölgan çeklovlarni olib taşladi. Deputatlar «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunning harbiy şartnoma tuziş qoidalarini belgilab beruvçi 34-moddasiga kiritilgan özgartirişlarni ma’qulladi. Hujjat Davlat dumasi saytida e’lon qilingan.

Uşbu moddaning oldingi tahririga köra, armiya, Milliy gvardiya, Taşqi razvedka xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «FSB» va davlat qöriqlaş organlarida xizmat qiliş uçun şartnomani muddatli harbiy xizmatni ötmagan 18 yoşdan oşgan, örta maxsus ta’lim muassasasini tamomlagan şaxs ham tuzişi mumkin edi. Endilikda «örta maxsus ta’lim olgan» fuqarolar haqidagi ibora qonundan olib taşlandi.

Davlat dumasi Mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolov ötgan yozda şunday tuzatişni qabul qilişni taklif etgandi. Biroq, e’lon qilinganidan söng, u körib çiqilmadi va 2022 yil oktabr oyida kuçga kirgan qonun versiyasida yöq edi. Bu safar, BBC ta’kidlaşiça, texnikumni tugatmagan 18 yoşli ösmirlar bilan harbiy şartnomalar tuziş töğrisidagi tuzatiş deyarli bir ovozdan ma’qullandi.