AQŞ razvedkasiga köra, Rossiya va Ukraina örtasida 2023 yilda tinçlik muzokaralari bölişi dargumon. 

The Washington Post gazetasi yaqinda Pentagondan sizib çiqqanidan söng ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketgan maxfiy hujjatdan parçalarni çop etdi. 

Haqiqiyligi tasdiqlanmagan hujjatga köra, Ukraina öz hududining katta qismini ozod qilişi va Rossiya armiyasining jiddiy yöqotişlari tinçlik muzokaralariga olib kelişi dargumon. 

AQŞ maxsus xizmatlari fikriça, voqealar rivojining «eng ehtimoliy ssenariysi» şundan iboratki, 2023 yil oxirigaça Rossiya va Ukraina «mayda» hududiy muvaffaqiyatga erişa oladi va heç bir tomon hal qiluvçi ustunlikni qölga kiritmaydi. 

Ukrainada uruş içki umidsizlikka va rahbariyat «tanqid qilinişiga» olib keladi, bu esa «uni almaştiriş ehtimolini oşiradi». 

Hujjatda aytilişiça, uruşning davom etişi Rossiyani «tugayotgan zaxiralar»dan foydalanişga majbur qiladi, şuningdek, annexia qilingan hududlarning integratsiyalaşuvini «tezlaştirişga» undaydi. 

Amerika razvedkasi uruşning borişiga ta’sir qilişi mumkin bölgan 4 ta kutilmagan ssenariyni körib çiqmoqda. Bu haqda 12 aprel kuni The New York Times gazetasi Pentagonning sizib çiqqan maxfiy hujjatlaridan biriga tayangan holda ma’lumot berdi.

Birinçi ssenariy - Vladimir Putinning ölimi, ikkinçisi - Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ölimi. Uçinçi ssenariy – Rossiya armiyasi rahbariyatining özgarişi, törtinçisi esa «Ukrainaning Kremlga zarba berişi» ehtimolini öz içiga oladi.

Hujjatda aytilişiça, bu ssenariylar uruşning borişiga sezilarli ta’sir körsatişi yoki bunday bölmasligi ham mumkin. Bundan taşqari, ular uruşni tugatadigan tinçlik muzokaralariga ham, keskinlaşuvga ham olib kelişi mumkin.

Naşrning yozişiça, Vaşington eng köp «Ukrainaning Kremlga zarbasi» ssenariysidan xavotirda (hujjatda uning batafsil tavsifi yöq), çunki bu Rossiya tomonidan keskin eskalatsiyaga, jumladan, taktik yadro qurolidan foydalanişga olib kelişi mumkin. Biroq, bu zarba, razvedka ma’lumotlariga köra, Putinni muzokaralar zarurligiga ham undaşi mumkin.