Ötgan yili Eronda kamida 582 kişi qatl etilgan. Bu 2015 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. Bu haqda «Eron huquqlari» va «Ölim jazosiga qarşi birgalikda» inson huquqlari taşkilotlari hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi. 

Huquq himoyaçilari 333 ta qatlni qayd etgan 2021 yilga nisbatan ösiş 75 foizni taşkil qildi. 

Qatl etilganlarning yarmidan köpi giyohvand moddalar bilan boğliq, 49 foizi qotillikda ayblanib, ölimga hukm qilingan. 

«Eron huquqlari» taşkiloti rahbari Mahmud Amiriy-Muqaddam sözlariga köra, Eronda qanday ayblovlar bölişidan qat’i nazar, har bir qatl siyosiy xarakterga ega. Hukumat odamlar orasida qörquvni kuçaytiriş uçun siyosiy bölmagan ayblovlar bilan qatllar miqdorini oşiradi, deb tuşuntirdi huquq himoyaçisi. 

Hisobotni tuzganlar ölim jazosini e’lon qilişda şaffoflik yöqligini ta’kidladilar: barça qatllarning 88 foizdan ortiği rasman e’lon qilinmagan. 

2022 yil Eronda hukumatga qarşi ommaviy namoyişlar bölib ötdi. U 22 yoşli Mahsa Aminiy vafotidan keyin boşlandi. Politsiya uni «hijobni notöğri öraganlikda» ayblab, hibsga olgan edi. Söngra qiz şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etdi. Norasmiy xabarlarga köra, u politsiya tomonidan kaltaklangan. 

Eronning yirik şaharlarida namoyişlar dekabr oyigaça davom etdi. Hukumatga qarşi harakatlarni bostiriş paytida yuzlab odamlar halok böldi, minglab odamlar xavfsizlik kuçlari tomonidan hibsga olindi. Namoyişlarda qatnaşgani uçun kamida tört kişi qatl etilgan, yuzdan ortiği esa ölim jazosini kutmoqda.