Germaniyada hozirgi iqtisodiy rivojlaniş nisbatan past bölişiga qaramay, malakali kadrlar yetişmasligi rekord darajaga yetdi. Germaniya iqtisodiyoti instituti (IW) 16 aprel kuni ma’lum qilişiça, ötgan yili GFRda işsizlar orasida munosib nomzodlar yöqligi sababli 630 mingdan ortiq iş örni böş qolgan. Bu 2010 yildan buyon kuzatuvlarning butun vaqti uçun eng yuqori körsatkiçdir.

Kadrlar taqçilligi, ayniqsa, ijtimoiy yordam, ta’lim va tarbiya sohasida, şuningdek, quriliş, arxitektura va muhandislik tizimlarida kuçli bölib, örtaça önta örindan oltitasi böş qolgan. Tabiiy fanlar, geografiya va informatikada ham örtaçadan yuqori tanqislik kuzatildi.

IW ma’lumotlariga köra, önta iş örnidan uçtasi tijorat xizmatlari, savdo, marketing, turizm sohalarida tölmagan. Şu bilan birga, ekspertlar qayd etişiça, bu yerda kadrlar yetişmasligi, şuningdek, COVID-19 pandemiyasi fonida sanoat inqirozga uçraganidan keyin keçikiş ta’siri bilan ham izohlanadi.

Hozir Germaniyada informatika, elektrotexnika, qurilişni rejalaştiriş va ular bajarilişini nazorat qiliş böyiça oliy ma’lumotli mutaxassislarga ayniqsa talab katta. Bu yerda, IW ma’lumotlariga köra, önta iş joyidan töqqiztasi böş.

Ekspertlarga köra, Germaniyaning malakali mutaxassislar yetişmasligi bilan boğliq muammolarini immigratsiyasiz hal qilib bölmaydi.