Sudanda Yevropa Ittifoqining uşbu Afrika davlatidagi vakili, irlandiyalik diplomat Aydan ÖXara Xartumdagi öz qarorgohida hujumga uçradi. Bu haqda 17 aprel, duşanba kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Twitter'da ma’lum qildi.
Borrelga köra, sodir bölgan voqea Vena konvensiyasini qöpol ravişda buziş hisoblanadi. «Diplomatik binolar va xodimlar xavfsizligi Sudan hukumatining asosiy mas’uliyati va xalqaro huquq böyiça majburiyatidir», dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça Oliy vakili.
Jozep Borrel YeI vakilining Sudandagi qarorgohiga qilingan hujumga oid qöşimça ma’lumot bermadi. Germaniyaning dpa agentligi diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib xabar berişiça, ÖXara jarohat olmagan va hozirda özini yaxşi his qilmoqda.
Avvalroq, 17 aprel kuni Borrel Sudanda davom etayotgan töqnaşuvlar fonida YeI mojaroning har ikki tomonini humanitar pauza va muloqot zarurligiga işontirişga harakat qilayotganini aytdi. «Sudandagi tinç aholi xavfsiz bölişi va vositaçilik qiliş uçun joy olişi kerakligi tufayli zudlik bilan öt oçişni töxtatiş lozim», dedi u.
Sudanda armiya va isyonçilar örtasidagi töqnaşuvlar oğir artilleriya, tanklar va havo hujumlari bilan keçişi oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda. Janglar çoğida 97 kişi halok böldi, yana 942 kişi yaralandi, deb xabar berdi 17 aprel kuni mahalliy şifokorlar uyuşmasi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma’lumotlariga köra, qurbonlar soni kamida 83 kişini taşkil etgan, 1000 dan ortiq kişi jarohat olgan. Poytaxt Xartumning aholi ziç joylaşgan hududlarida qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham köp, degan xavotirlar bor.
Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuçlari (RSF) örtasida janglar davom etyapti. Janglar Xartumda va hukumat inşootlari, jumladan, prezident saroyi va qurolli kuçlar boş qarorgohida yuz beryapti. Töqnaşuvlar yana bir qator boşqa şaharlarda, jumladan Janubiy Darfur provinsiyasi markazi bölgan, aholi ziç joylaşgan Nyala şahrida ham sodir bölmoqda.
Sönggi kunlarda Sudanning amalda prezidenti bölgan Abdul Fattoh al-Burhon va uning örinbosari, RSF’ni boşqarayotgan Muhammad Hamdan Dagalo örtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Isyonçilar mamlakatning kamida uçta aeroportini, şuningdek, bir qator harbiy obektlar va prezident saroyini egallab olganini ma’lum qildi. Sudan armiyasi bu ma’lumotni rad etdi. Mamlakat harbiy-havo kuçlari RSF bazalariga havo hujumlarini davom ettirib, tinç aholini uyda qolişga çaqirdi.












