19 aprel, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqi parlamenti Moldova böyiça rezolyutsiyani qabul qildi va unda Bryusselni Kişinyov bilan 2023 yil oxirigaça YeIga qöşiliş böyiça muzokaralarni boşlaşga çaqirdi. Buning şarti sifatida Moldova Yevropa Komissiyasi tomonidan belgilangan töqqiz qadamni bajarişi kerak. Yevroparlament deputatlariga köra, Moldovaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi birlaşgan va kuçli Yevropaga geostrategik sarmoya böladi.

Şu bilan birga, parlament Moldova hukumatini demokratiya va qonun ustuvorligi sohasidagi islohotlarni davom ettirişga, Yevropa Ittifoqi va keng qamrovli erkin savdo hududi töğrisidagi bitimni töliq amalga oşirişga erişişga hamda xalqaro uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişga çaqirdi.

Rezolyutsiyada deputatlar YeIni moldovalik qoçqin oligarxlar Ilan Şor va Vladimir Plaxotnyukka, ularning kompaniyalari va siyosiy taşkilotlariga qarşi zudlik bilan sanksiyalar qöllaşga hamda ular sudda javob berişi uçun Moldovaga ekstraditsiya qilişga çaqiradi.

Parlament, şuningdek, Yevropa Ittifoqidan Moldovadagi xavfsizlik, barqarorlik, konstitutsiyaviy va demokratik asoslarga putur yetkazuvçi korrupsiya xatti-harakatlari uçun sanksiyalar kölamini kengaytirişni söradi.

Mamlakat Rossiya tomonidan bosim ostida va yevropaparast hukumatni beqarorlaştirişga urinişlar, şuningdek, Ukrainadagi uruş tufayli iqtisodiy özgarişlar yuz bermoqda, deya qayd etadi Yevroparlament. U Moldova prezidenti Mayya Sandu rahbariyati va mamlakat rasmiylarini uşbu muammolarni hal qiliş yölidagi işlarini olqişladi.