Ukraina Boş razvedka boşqarmasi («GUR») Rossiya qöşinlari va Suriyadagi «Vagner» XHKning yollanma askarlariga qarşi hujumga tayyorgarlik körayotgan edi, biroq dekabr oyida Volodimir Zelenskiy operatsiyani töxtatişni buyurgan, deb yozadi The Washington Post AQŞ razvedkasining sizdirilgan maxfiy hujjatlari tayanib.
Rossiya va «Vagner» XHKning Suriyadagi insoniy yöqotişlari hamda qöşimça xarajatlari Moskvani Ukrainadan resurslarning bir qismini u yerga ötkazişga majbur qiladi, deb taxmin qilingan, deya yozadi gazeta.
AQŞ Mudofaa vazirligi va Ukraina «GUR» bu xabarlarga izoh berişdan boş tortdi.
Bundan oldin «GUR» rahbari Kirill Budanov NV radiosiga bergan intervyusida Ukraina qöşinlari Qrimga bahorda kirişi haqida aytib ötgandi.
U qöşimça ma’lumot bermadi, biroq Ukraina Qurolli kuçlarida «hamma narsa reja böyiça» ketayotganini ta’kidladi.
Amerikaning Newsweek naşri Ukrainaning rejalaştirilgan hujumi 30 apreldan boşlanişini da’vo qilmoqda.
Naşr 17 aprel kuni ta’kidlaganidek, bu uç hafta oldin e’lon qilingan «Amerika razvedkasi hujjatlari»dan aytilgan. «Maxfiy» va «öta maxfiy» deb belgilangan hujjatlar Ukrainadagi uruşning borişi haqida muhim ma’lumot beradi.
Newsweek naşri e’lon qilgan 20 ta hujjatdan biriga köra, Ukraina hujumida töqqizta brigada iştirok etişi rejalaştirilgan.












